Android P haqida yangi ma’lumot: hayratda qolishingiz turgan gap

  •   Saroy
  •  2187
  •  12.07.2018 10:28

Android P haqida yangi ma’lumot: hayratda qolishingiz turgan gap

Huawei kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasi qanday bo‘lishi haqida ma’lum qildi. Hozirda barcha manbalarda yangi tizim Android P bo‘ladi, deyilmoqda. Biroq P harfi nimani anglatishi haqda Google’dagilar jimlik saqlamoqda.

O‘QING:Huawei Nova 3: endi 10-nanometrli flagman protsessoriga ega

Huawei'ning  Polsha bo‘limi texnik xodimlari foydalanuvchilarning savollariga javob bera turib, tasodifan  Android Pistachio iborasini ishlatgan. Foydalanuvchi bor-yo‘g‘i, Huawei P9 Lite Mini (Y6 Pro) va Huawei P9 Lite (2017) smartfonlari qachon EMUI 8.0 gacha  Android 8.0 Oreo bazasida yangilanadi, deb savol bergandi.

Shunday qilib, Android Pie va Popsicle borasidagi gap-so‘zlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Ammo,  Android Pistachio ham OS lineyasiga hech to‘g‘ri kelmaydi-da. Shu bois, yangi tizim Android Pistachio Ice Cream (pistali muzqaymoq), deb nomlansa kerak. Darvoqe, ushbu variant avval ham tilga olingan edi.

O‘QING:Huawei TalkBand 5: tarmoqlarda o‘g‘irlangan surati paydo bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!