Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  3072
  •  16.03.2019 15:10

Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!

Google kompaniyasi 13 mart kuni Android Q operatsion tizimining birinchi beta-talqinini taqdim etgan. Biz undagi ayrim yangi funksiyalar va imkoniyatlarni «jonli» video va suratlari bilan e’lon qilganmiz.

O‘QING: Qaysi smartfonlar egalari Android Q’ni birinchilar qatorida sinab ko‘rishadi?

Afsuski, Android Q Developer Preview Beta 1 talqinidan hozircha faqat Google Pixel smartfonlari egalari foydalana oladilar. Lekin uning ayrim yangiliklaridan foydalanish imkoni bor – The Android Soul nashri jurnalistlari mazkur tizimdagi barcha oboylar va ringtonlarni «chiqarib olish»ga muvaffaq bo‘lishgan va internetga joylashgan.

Android 10 tizimi uchun yaratilgan oboylarni arxiv holida mana bu havola orqali ko‘chirib olish mumkin. Jamlanmada 15 ta surat mavjud bo‘lib, ularning aniqligi 1080x1920 piksellik.

Yangi operatsion tizim uchun maxsus ishlangan tovushlar jamlanmasini esa mana bu havola yordamida yuklab olsa bo‘ladi. Ringtonlar arxivida budilnik va qo‘ng‘iroqlar uchun jami 12 ta, bildirishnomalar uchun 15 ta va foydalanuvchi interfeysi uchun 26 ta ovoz mavjud.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!