Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

  •   DiMaX
  •  2845
  •  28.01.2019 16:20

Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

XDA Developers resursi mutaxassislari hali rasman taqdim etilmagan Android Q talqinidagi operatsion tizimni o‘rganishda davom etmoqdalar. Uning kodi orqali esa tizimning ushbu versiyasiga joriy etilayotgan bir qator yangi imkoniyatlar fosh bo‘lmoqda.

O‘QING: Google rahbari Android 10 Q taqdimot kunini rasman e’lon qildi

Ba’zida smartfonimizdagi ayrim dasturlar yangilangach, ularning nimasidir yoqmay qoladi. Yangi versiyalarida reklama chiqadi, yoki dizayni ma’qul kelmaydi...

Dasturchilarning aniqlashlaricha, o‘ninchi avlod Android’da ilovalarning yangilanishlarini o‘chirib tashlash va uning oldingi talqiniga qaytish imkoni taqdim etiladi! Bunday funksiya hozirda boshqa birorta mobil operatsion tizimda mavjud emas. Shunday ekan, bu – iOS-devayslar egalari havas qiladigan imkoniyat!

Aytish kerakki, Android’ning oldingi talqinlarida ham shunday funksiya bor, lekin u faqat smartfonga boshidanoq o‘rnatilgan tizim ilovalaridagina amal qiladi.

Android Q tizimidagi boshqa ayrim o‘zgarishlarni, hatto «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!