Android-smartfon egalarini reklamadan Microsoft Edge brauzeri qutqaradi

  •   DiMaX
  •  1144
  •  20.06.2018 16:41

Android-smartfon egalarini reklamadan Microsoft Edge brauzeri qutqaradi

Microsoft kompaniyasi iOS hamda Android operatsion tizimlari boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun ham Microsoft Edge mobil brauzerini taqdim etganidan xabaringiz bor. Endi unga ham reklamalarni cheklovchi AdBlock kengaytmasi qo‘shildi.

O‘QING: Microsoft Edge brauzerini endi iOS va Android-qurilmalarga bemalol o‘rnatish mumkin

Android uchun ishlab chiqilgan Microsoft Edge brauzerining oxirgi beta-versiyasida dasturchilar AdBlock Plus texnologiyalarini qo‘llashgan. Bu shuni anglatadiki, mazkur brauzerda ochilgan veb-sahifalardan barcha e’lonlar emas, balki eng jonga teguvchilari bloklanadi. Bular – «qalqib chiquvchi» oyna, yorqin va nojo‘ya tasvirli animatsiya kabilardir. Oddiy bannerlar esa ko‘rinib turaveradi.

Blokirovkachi brauzerning tegishli sozlamasi orqali faollashtiriladi.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

Shuningdek, Microsoft Edge brauzeriga yana quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilgan:

  • Kontaktlarni, xaritadagi ma’lumotni va internetdan suratlarni izlashda «aqlli» qidiruv;
  • Tanlangan saytlarni boshqarish, veb-ilovalarning ishlashi hamda bir nechta akkaunt bilan ishlash yaxshilangan;
  • Mutolaa rejimi uchun bir qator qulayliklar qo‘shilgan;
  • Samaradorlik yaxshilangan.

Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, bu brauzer yaqindan beri planshetlarga ham tushadigan bo‘lgan. Android-qurilmalar uchun Microsoft Edge ilovasini mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!