Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

  •   DiMaX
  •  990
  •  10.06.2020 11:15

Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

«Yashil robotchali» smartfonlardagi standart Google Phone (Google Telefon) ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi qaytayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu opsiya allaqachon Hindistondagi Nokia smartfonlariga taqdim etilgan.

O‘QING: Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Bu orada internetda iOS 14 operatsion tizimidan olingan yangi skrinshot tarqaldi. Unga ko‘ra, Apple o‘z smartfonlariga qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasini qo‘shyapti!

Kupertinolik korporatsiya bu ma’lumotni hali rasman e’lon qilganicha yo‘q, umuman, iOS 14 rasmiy relizi hali 23 iyun kuni, dasturchilarga mo‘ljallangan WWDC 2020 konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Telefon suhbatlarini yozib olishning yuridik jihatlari ham bor – ko‘pgina mamlakatlarda bu qonunchilik bilan trtibga solinadi. Apple shuning uchun ham mazkur funksiyani faollashtirishni foydalanuvchining o‘z ixtiyoriga qoldiradi: shartlar bilan tanishib chiqib va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, iPhone egasi uni sozlamalardan yoqib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Kim biladi, balki qo‘ng‘iroqlarni yozib olish imkoniyati barcha mamlakatlardagi ayfonlar uchun taqdim etilmas.

O‘QING: Keraksiz qo‘ng‘iroq va xabarlarni cheklovchi Android-ilovalar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!