Android smartfonlari uchun eng yaxshi 15 ta brauzer

Android smartfonlari uchun eng yaxshi 15 ta brauzer

Veb-brauzerlar barcha smartfonlardagi muhim ilovalardan biri. Android smartfonlari uchun minglab turdagi veb-brauzer ilovlari mavjud. Biroq ularning ichidan yaxshi birini tanlash qiyin masala. Quyida eng yaxshi 15 ta brauzer ilovalari bilan tanishamiz.

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN ilovasi

1. Brave Browser

Narxi: Bepul

Brave Browser nisbatan yangi brauzer hisoblanadi. Brauzer 2016 yilda ishlab chiqarilgan hamda bir nechta turli xil funksiyalarga ega. Brauzerda reklamalarni bloklash funksiyasi mavjud. Shuningdek, ushbu brauzer uchinchi tomon cookies'lar hamda skriptlarni bloklay oladi. Bundan tashqari, ilova tezlik va akkumulyator avtonomligini yaxshilash uchun optimallashtirilgan. Foydalanuvchi blokirovka qilgan barcha narsalarni kuzatib borishi mumkin. Brauzer juda funksional. Unda xatcho‘plar, tarix, kengaytmalar bo‘limlari hamda inkognito rejimi mavjud.

Yuklab olish

2. Dolphin Browser

Narxi: Bepul

Yana bir ajoyib brauzerlardan biri Dolphin Browser. Ushbu brauzerda bir nechta ajoyib funksiyalar bo‘lib, ular mavzular, LED chiroqni yoqish, reklamani bloklash, inkognito rejimi, imo-ishoralar orqali boshqarishni o‘z ichiga oladi.

Yuklab olish

3. DuckDuckGo Privacy Browser

Narxi: Bepul

Shaxsiylik va maxfiylik muhim bo‘lgan foydalanuvchilar uchun DuckDuckGo brauzeri mos keladi. Brauzerda shaxsiy qidiruv funksiyasi, shuningdek, brauzer ma’lumoti va tarixini doimiy o‘chirib tashlaydigan funksiya mavjud. Shu bilan birga, ilova har bir veb-saytning maxfiylik darajasini foydalanuvchiga ko‘rsatib boradi. Bu bilan foydalanuvchi veb-saytning foydali yoki zararliligini bilib olishi mumkin. Ammo ushbu brauzerda parollarni sinxronlash funksiyasi mavjud emas.

Yuklab olish

4. Ecosia Browser

Narxi: Bepul

Ecosia - bu ekologiyaga foyda keltiruvchi mobil veb-brauzer. Boshqa brauzerlar kabi Ecosia'da ham bir qancha foydali funksiyalar mavjud. Ushbu brauzer Chromium'ning ochiq manba dasturi orqali yartilgan. Shuning uchun, Ecosia Chrome brauzeriga o‘xshab ketadi. Brauzer o‘z foydasining 80 fozini daraxtlar ekish uchun sarflaydi. Ekologiya haqida qayg‘uradigan ilovalarning bo‘lishi ham yaxshi, albatta.

Yuklab olish

5. Firefox Browser

Narxi: Bepul

Android smartfonlari uchun ikki xil yaxshi Firefox brauzeri mavjud. Birinchisi standard Firefox brauzeri. Unda platformalararo sinxronizatsiya, kuzatuv himoyasi, parol menejeri kabi funksiyalar mavjud. Ikkinchisi esa Firefox Focus bo‘lib, ushbu brauzer asosan maxfiylik hamda xavfsizlikka asoslangan.

Firefox: Yuklab olish

Firefox Focus: Yuklab olish

6. Google Chrome

Narxi: Bepul

Google Chrome eng mashhur hamda eng ommabop brauzer hisoblanadi. Google kompaniyasiga tegishli bo‘lganligi uchun ko‘plab Android smartfonlarida ushbu brauzer oldindan o‘rnatilingan bo‘ladi. Brauzerda ko‘plab foydali funksiyalar mavjud. Google Chrome'ning to‘rt xil turi mavjud bo‘lib, ular Google Chrome, Chrome Beta, Chrome Dev hamda Chrome Canary'dan iborat.

Yuklab olish

7. Kiwi Browser

Narxi: Bepul

Kiwi brauzeri — bu eng yangi Android brauzerlaridan biri hisoblanadi. Ushbu brauzer Chromium asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun, uning vizual elementlari hamda parametrlari ko‘plab foydalanuvchilarga tanish tuyuladi. Brauzerda reklamalarni bloklash funksiyasi, sizib chiquvchi blokirovka funksiyasi, AMOLED ekranlari uchun 100% kontrastli tungi rejim va kriptojacking himoyasi mavjud. Ko‘plab brauzerlardan farqli o‘laroq, Kiwi brauzerida internet manzili kiritiladigan joy ilovaning pastki qismida joylashgan.

Yuklab olish

8. Lynket

Narxi: Bepul/$4.54

Lynket avval Chromer brauzeri nomi ostida mashhur bo‘lgan. Yangilangan brauzer 2018 yilda ishlab chiqilgan. Garchi Lynket Chrome'ning maxsus sozlamalarini qo‘llab-quvvatlamasa ham, Chrome uchun maxsus sozlamalardagi har qanday ilovadan veb-havolalarni ochish imkonini beradi.

Yuklab olish

9. Microsoft Edge

Narxi: Bepul

Microsoft Edge ajoyib veb-brauzerlardan biri. Funksiyaviylik jihatidan ushbu brauzer Chrome hamda Firefox'larda qolishmaydi. Brauzerda parol va xatcho‘plarni sinxronlash mumkin. Shuningdek, Microsoft Edge brauzerida desktop versiyasi ham mavjud. Ushbu brauzer Microsoft'ning asl brauzeri hisoblanar edi.  Biroq, kompaniya brauzerni Chromium bazasiga o‘tkazgandan so‘ng, foydalanuvchi interfeysi Chrome interfeysiga o‘zgardi. Foydalanuvchilar Google akkaunt o‘rniga sinxronlash uchun Microsoft akkauntidan foydalanishlari kerak.

Yuklab olish

10. Opera brauzerlari

Narxi: Bepul

Android smartfonlari uchun bir necha turdagi Opera brauzerlari mavjud. Opera tomonidan taqdim etilgan birinchi brauzer bu Opera Browser hisoblanadi. Ushbu brauzer desktop versiyasi, qurilmalararo sinxronizatsiya, bir nechta platformalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi, avtomatik to‘ldirish funksiyasi va reklama blokeriga ega. Opera tomonidan ikkinchi taqdim etilgan brauzer bu Opera Touch brauzeri hisoblanadi. Unda ham kuzatuv hamda reklamalarni bloklash funksiyasi mavjud. Uchinchi brauzer esa Opera Mini. Kichik hajmli ushbu brauzer 90 foizgacha internet trafikini tejay oladi. Shuningdek, Opera Mini'da oflayn o‘qish rejimi ham mavjud. To‘rtinchi brauzer esa o‘yinbop bo‘lgan Opera GX brauzeri. Boshqa Opera brauzerlari kabi ushbu brauzerda ham ko‘plab funksiyalar mavjud. Quyida o‘zingizga yoqqan brauzerni yuklab olishingiz mumkin.

Opera Browser: Yuklab olish

Opera Touch: Yuklab olish

Opera Mini: Yuklab olish

Opera GX: Yuklab olish

11. Samsung Internet Brauzeri

Narxi: Bepul

Samsung Internet Brauzeri juda ham yaxshi brauzerlaridan biri. Unda tezkor menyu, reklamalarni bloklash, 360 darajali videoni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi mavjud. Barcha Samsung Galaxy smartfonlarida ushbu brauzer oldindan o‘rnatilingan bo‘ladi.

Yuklab olish

12. Stargon Browser

Narxi: Bepul

Stargon brauzeri imo-ishoralar orqali boshqarish funksiyasi, maxsus shriftlar hamda DNS VPN'ga ega. Shuningdek, brauzerda Google Translate ilovasidan ham foydalanish mumkin. Brauzerda tungi rejim ham mavjud. Ilova mutlaqo bepul hamda hech qanday reklamalar taqdim etmaydi.

Yuklab olish

13. Surfy Browser

Narxi: Bepul/$0.99

Surfy yana bir yaxshi brauzerlardan biri. Unda xatcho‘plar, tarix bo‘limlari, bir nechta qidiruv provayderlari mavjud. Bundan tashqari, brauzer reklamalarni bloklash funksiyasi, turli xil mavzular, sozlanmalar paneliga ega. Ushbu brauzerning eng yaxshi tomoni unda Text-to-Speech funksiyasi borligidadir.

Yuklab olish

14. Tor Browser for Android

Narxi: Bepul

Tor Browser for Android maxfiylik muhim bo‘lgan foydalanuvchilar uchun eng yaxshi brauzerlardan bir hisoblanadi. Brauzer Tor'ning proksi tarmog‘iga ulanadi va foyfalanuvchi nima qilyotganini provayderlardan yashiradi. Shuningdek, brauzer kuzatuvchilarni bloklaydi, kuzatuvdan himoya qiladi va ko‘p qatlamli shifrlashni o‘z ichiga oladi.

Yuklab olish

15. Vivaldi Browser

Narxi: Bepul

Vivaldi ushbu ro‘yhatdagi eng yangi brauzer. Bir necha yaxshi funksiyalari borlgi uchun, ushbu brauzerni ham yaxshi brauzerlar qatoriga qo‘shish mumkin. Brauzerda platformalararo sinxronizatsiya, desktop versiyasi, qaydlar bo‘limi, shaxsiy rejim mavjud. Ushbu brauzerni Opera brauzerlari yartagan dasturchilar ishlab chiqishgan.

Yuklab olishO‘QING: Android uchun eng yaxshi 15 ta fitnes ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!