Android tizimidagi barcha smartfon va planshetlarning maxfiy kodlari

  •   DiMaX
  •  19708
  •  27.02.2017 10:34

Android tizimidagi barcha smartfon va planshetlarning maxfiy kodlari

Maxfiy kodlar aslida ishlab chiqaruvchilar tomonidan joriy etiladi, ular yordamida devayslar sotuv oldidan yoki ishlab chiqarish jarayonida sinovdan o‘tkaziladi.

Foydalanuvchilar esa mazkur kodlar orqali o‘z qurilmalarining odatiy yo‘llar bilan ko‘rib bo‘lmaydigan parametrlarini ko‘rishlari, ayrim hollarda ba’zi sozlamalariga o‘zgartirish kiritishlari ham mumkin bo‘ladi. Aynan shunisini yodda tutganingiz ma’qul – bu sozlamalarni o‘zgartirish orqali smartfon yoki planshetingizni ishdan chiqarib qo‘yishingiz hech gapmas.

Shu bois ham, Android tizimida ishlovchi barcha gadjetlar uchun umumiy bo‘lgan quyidagi kodlarni oshkor etar ekanmiz, eslatib o‘tamiz: ulardan foydalanish tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar uchun mas’uliyat butunlay o‘z zimmangizdadir.

*#*#4636#*#* – Telefonning o‘zi, batareyasi haqidagi ma’lumotlarni va foydalanish statistikasini aks ettiradi.

*#*#7780#*#* – Sozlamalarni dastlabki holatiga qaytaradi. Faqat ilovalarni o‘chiradi.

*2767*3855# – Sozlamalarni butkul dastlabki holatiga qaytaradi. Bunda proshivka butunlay qaytadan o‘rnatiladi, qurilma ichidagi barcha fayllar o‘chib ketadi.

*#*#34971539#*#* – Kamera xususidagi to‘liq ma’lumotni ko‘rsatadi.

*#*#273283*255*663282*#*#* – Mediafayllaringizni tezkorlik bilan bekap qiladi.

*#*#197328640#*#* – Servis faolligini tekshirish rejimiga o‘tkazadi.

*#*#232339#*#* yoki *#*#526#*#* – Simsiz tarmoqni tekshiradi.

*#*#232338#*#* – Wi-Fi Mac-manzilini aks ettiradi.

*#*#1472365#*#* – GPS ishlashini tekshiradi.

*#*#1575#*#* – Turli GPS-testlar.

*#*#0283#*#* – Loopback testi.

*#*#0*#*#* – LCD-displey testi.

*#*#0673#*#* yoki *#*#0289#*#* – Audio-test.

*#*#0842#*#* – Vibratsiya va yorug‘likni tekshiradi.

*#*#2663#*#* – Tach-skrin versiyasini ko‘rsatadi.

*#*#2664#*#* – Tach-skrin testi.

*#*#0588#*#* – Yaqinlashuv datchiki testi.

*#*#3264#*#* – RAM versiyasini aks ettiradi.

*#*#232331#*#* – Bluetooth-test.

*#*#7262626#*#* – GSM-signal testi.

*#*#232337#*#* – Bluetooth-manzilini aks ettiradi.

*#*#8255#*#* – Google Talk servisini tekshiradi

*#*#1234#*#* – Devaysning proshivkasi versiyasi.

*#*#1111#*#* – FTA-soft versiyasi.

*#*#2222#*#* – FTA-jihozlar versiyasi.

*#*#44336#*#* – qurilma yig‘ilgan vaqtni ko‘rsatadi.

*#06# – IMEI raqamini ko‘rsatadi.

*#*#8351#*#* – Ovozli raqam terishni qayd etish rejimini yoqadi.

*#*#8350#*#* – Ovozli raqam terishni qayd etish rejimini o‘chiradi.

Demak, yuqoridagilar – ishlab chiqaruvchisi va modelidan qat’i nazar, Android operatsion tizimidagi barcha gadjetlar uchun amal qiladigan maxfiy kodlardir. Bulardan tashqari, Samsung Galaxy, LGMotorola hamda HTC smartfonlari uchun servis kodlarini tegishli maqolalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Saytimizni kuzatib boring – turli vaziyatlarda kerak bo‘ladigan boshqa maxfiy kodlarni ham e’lon qilamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.