Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz

  •   DiMaX
  •  4351
  •  26.12.2017 17:43

Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz

Mobil brauzerlar ko‘p, ammo ularning hammasini ham yaxshi, deb bo‘lmaydi. Biz umuman ishlatib ko‘rmagan brauzerlarni qo‘yaturing-da, eng keng ommalashganlari orasida qay biri eng tezkor, sizningcha?

O‘QING: Android uchun «Yandeks» brauzerining yengil versiyasi chiqdi

Ko‘pchilik bu borada Google taqdim etgan yechim – Chrome brauzerini eng tezkor, deb hisoblaydi. Ammo amalda – ilovalarni o‘zaro taqqoslab sinab ko‘rilganida, unaqa emasligi ma’lum bo‘ladi.

Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida PhoneArena nashri mutaxassislari tajriba o‘tkazib, mobil brauzerlarning tezligini solishtirib ko‘rishdi. O‘zaro qiyoslash uchun eng ommabop bo‘lgan Google Chrome, Samsung Browser, Firefox va Microsoft Edge brauzerlarini tanlashdi. Ularni Android tizimida ishlovchi eng yetakchi smartfon – Galaxy Note 8 flagmaniga o‘rnatishdi va turli test servislarida sinab ko‘rishdi.

O‘QING: Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari

Veb-ilovalarning so‘rovga javob berish tezligini baholovchi Speedometer testida Chrome eng yuqori – 41,62 ball, Firefox esa eng past – 19 ball to‘pladi. Keyin esa mutaxassislar ilg‘or veb-ilovalarning samaradorligini tekshirishda qo‘llanuvchi JetStream benchmarkiga murojaat etishdi. Unda birinchilik 68,428 ball bilan Samsung Browser’ga nasib etdi, eng oxirgi o‘rinda – yana Firefox. So‘ngra MotionMark servisida SVG, HTML5 kanvasi, kaskad uslublari uchun grafika testi o‘tkazildi – bunda Microsoft Edge yetakchi, Firefox esa so‘nggi pog‘onalarni band etishdi. Va nihoyat Basemark Web 3.0 testida Edge brauzeri 212 ball bilan yaqqol g‘olib bo‘ldi, Samsung Browser esa eng ortda qoldi.

Mana, yuqoridagi to‘rtta testda mobil brauzerlar to‘plagan ballarni quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin:

Shulardan kelib chiqqan holda, har bir brauzerning o‘rtacha ballini aniqlab, shu bo‘yicha ularning umumiy natijalarini chiqarsak:

  • Samsung Browser 6.2 – 66,5 ball;
  • Google Chrome 63 – 97,43 ball;
  • Firefox 57 – 63,8 ball;
  • Microsoft Edge – 103,64 ball.

O‘QING: Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari

O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, Android operatsion tizimi uchun eng tezkor brauzer Microsoft Edge bo‘lib chiqdi. Mazkur ilova Google Play katalogidan mana bu havola orqali yuklab olib, sinab ko‘rish mumkin.

ESLATMA: O‘zbekiston hududida hozircha mazkur brauzerni yuklab olish imkoni yo‘q, shu bois, uni o‘rnatishning quyidagi qo‘shimcha usulidan foydalanishingiz mumkin:

APK fayllarini cheklovlarsiz ko‘chirib olamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!