Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

  •   DiMaX
  •  1198
  •  14.08.2020 16:23

Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

 Steam do‘konida bultur eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida ikkinchi o‘rinni Civilization VI egallagan. Qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi mazkur o‘yin boshqa platformalarda ham mavjud, «yashil robotchali» tizimga esa endi yetib keldi.

O‘QING: PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Android-qurilmalar egalari mazkur o‘yinni ushbu havola orqali Google Play ilovalar do‘konidan o‘rnatib olishlari mumkin. Bunda geymerlarga boshida tekinga o‘ynash imkoni beriladi – har bir foydalanuvchiga bepul 60 yurish taqdim etilgan. O‘yinni keyin davom ettirish uchun esa 19,99 dollarga to‘laqonli versiyasini sotib olish kerak bo‘ladi.

O‘yinni to‘liq xarid qilgan foydalanuvchilar uning qo‘shimchalarini ham olishlari mumkin: Rise and Fall qo‘shimchasi 29,99 dollar tursa, Gathering Storm uchun 39,99 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

O‘QING: Kechagina taqdim etilgan Total War Saga: TROY o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!