AnTuTu: iyulning zo‘r smartfonlari reytingida Xiaomi mutlaq g‘olib!

  •   DiMaX
  •  1611
  •  04.08.2018 10:28

AnTuTu: iyulning zo‘r smartfonlari reytingida Xiaomi mutlaq g‘olib!

Taniqli AnTuTu benchmarki jamoasi o‘tgan oy bo‘yicha samaradorligi eng yuqori bo‘lgan Android-smartfonlar reytingini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxat ushbu servisda sinab ko‘rilgan qurilmalarning ma’lumotlari asosida shakllantirilgan.

O‘QING: Geymerlar yaxshi ko‘radigan Black Shark smartfoni juda alomat chiqib qoldi

Bu galgi reytingda Xiaomi kompaniyasining maxsus geymerlarga mo‘ljallab chiqargan Black Shark telefoni g‘oliblik shohsupasidan o‘rin oldi. AnTuTu’da u 292 977 ballik natija ko‘rsatgan. Yaqinda taqdim etilgan betakror Oppo Find X hamda eng innovatsion texnologiyalarga ega Vivo Nex smartfonlari tegishlicha 286589 va 283877 ball bilan kuchli uchlikka kirishgan.

Ko‘rib turganingizdek, iyul oyining TOP-o‘ntaligiga yana OnePlus 6, Smartisan R1, Xiaomi Mi 8, Xiaomi Mi Mix 2S, Samsung Galaxy S9 va S9+, shuningdek, Sony Xperia XZ2 modellari kirgan.

O‘QING: Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

E’tibor bergan bo‘lsangiz, garchi bir xil platforma bazasida ishlasa-da, birinchi va o‘ninchi o‘rinlardagi devayslarning ko‘rsatkichlari orasida salkam 20 foizlik farq bor. Bu esa Xiaomi’ning o‘z qurilmalarida barcha qismlarni va dasturiy ta’minotni optimallashtirishga jiddiy ahamiyat berganligidan dalolat.

To‘g‘ri, Black Shark aynan o‘yinlar o‘ynashga moslashtirilganligi uchun ham kuchli apparat qismlari bilan ta’minlangan. Lekin «xitoycha Apple»ning boshqa smartfonlari ham yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Mana shu reytingning o‘zidayoq uning yana ikkita – Mi 8 Mi hamda Mi Mix 2S flagmanlari ham borligi Xiaomi’ning ustunligidan dalolat.

Darvoqe, saytimizning onlayn do‘koni – Terashop.uz’da Xiaomi kompaniyasining turli modellari sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Mi Max 3 AnTuTu'da imtihon topshirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!