AnTuTu mutaxassislari Snapdragon 855 samaradorligini Snapdragon 845 va Kirin 980 bilan taqqoslab ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1234
  •  19.01.2019 10:21

AnTuTu mutaxassislari Snapdragon 855 samaradorligini Snapdragon 845 va Kirin 980 bilan taqqoslab ko‘rsatishdi

Devayslar samaradorligini baholovchi ommabop AnTuTu servisi dasturchilari navbatdagi test natijasini e’lon qilishdi. Bu sinovda ular Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or – Snapdragon 855 protsessorini uning o‘tgan yilgi flagmani hamda Kirin 980 chipi bilan solishtirishgan.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi – Lenovo Z5 Pro GT flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Mazkur sinov uchun Snapdragon 855 protsessoriga hamda 6/128 GB xotiraga ega, ekrani 2888x1440 piksellik noma’lum smartfon olingan. Uning natijalari sinov uchun tayyorlangan Snapdragon 845 chipli yana bitta smartfonniki bilan, shuningdek, OnePlus 6T hamda Huawei Mate 20 smartfonlariniki (ular tegishlicha Snapdragon 845 va Kirin 980 chiplariga ega) bilan taqqoslangan.

Ko‘rib turganingizdek, Snapdragon 855 o‘rnatilgan smartfon samaradorlikda oldingi avlod protsessorlariga ega flagmanlardan ancha ustun. Mazkur mobil chip Samsung Galaxy S10, Xiaomi Mi 9, LG G8, Xperia XZ4 va boshqa flagmanlariga o‘rnatiladi.

O‘QING: Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.