AnTuTu reytingi: Interneti eng tezkor smartfonlar

  •   DiMaX
  •  3648
  •  27.01.2020 16:35

AnTuTu reytingi: Interneti eng tezkor smartfonlar

Xitoyning taniqli benchmarklaridan bo‘lgan AnTuTu servisi asosan smartfonlarning samaradorligini baholashi bilan dunyoga mashhur. Uning navbatdagi reytingi esa telefonlarda ma’lumot almashish, ya’ni internet tezligi ko‘rsatkichlarini namoyon etadi.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Ushbu benchmark dasturchilari uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumot uzatish va qabul qilish tezligi bo‘yicha smartfonlar reytingini e’lon qilishdi. Ro‘yxatdagi ikkita yuqori o‘rinni tegishlicha Huawei Mate 30 Pro 5G hamda Mate 30 5G flagmanlari zabt etgan. Kuchli uchlikni Xiaomi Mi 9 Pro 5G yakunlab bergan bo‘lsa, beshtalikka yana Vivo Nex 3 5G va Vivo iQOO Pro 5G ham kirgan:

Aytish kerakki, ushbu reytingni shakllantirishda faqat Xitoydagi foydalanuvchilar smartfonlarining internet tezligi inobatga olingan. AnTuTu dasturchilari bunda ma’lumot almashish bo‘yicha qurilmalar ko‘rsatgan ko‘rsatgan nafaqat maksimal natijalarni, balki shu modellarda internetning o‘rtacha tezligini ham hisobga olishgan.

O‘QING: Speedtest: internet tezligi global indeksi bilan tanishing (2019 yil, dekabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!