App Store Rossiyada bloklanishi mumkin

App Store Rossiyada bloklanishi mumkin

Shanba kuniga o‘tar kechasi Ukraina bosh vazir o‘rinbosari Mixaylo Fedorov o‘zining Twitter sahifasida rossiyalik foydalanuvchilariga mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish, shu bilan birga Apple Store'ni blokirovka qilishni so‘rab Apple kompaniyasi rahbari Tim Kukga ochiq xat yo‘llaganini xabar qildi. 

"Men sizga murojaat qilaman va ishonchim komilki, siz nafaqat eshitasiz, balki Ukrainani, Yevropani va nihoyat, butun demokratik dunyoni qonli avtoritar tajovuzdan himoya qilish uchun qo‘lingizdan kelganini qilasiz - Apple xizmatlari va mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga etkazib berishni to‘xtatish, shu jumladan App Store'ga kirishni blokirovka qilish!  

Ishonchimiz komilki, bunday harakatlar Rossiya yoshlari va faol aholisini sharmandali harbiy tajovuzni faol ravishda to‘xtatishga undaydi." deyiladi Fedorov yuborgan xatda. 

Hozircha Apple ushbu xabarga munosabat bildirgani yo‘q. 

O‘QING: Buklanauvchi iPhone kutib turadi, Apple to‘liq ekranli MacBook chiqarmoqchi