Apple 6 yadroli iPad Pro’ni taqdim qildi!

Apple 6 yadroli iPad Pro’ni taqdim qildi!

Kutilganidek, AQShning Apple korporatsiyasi 5 iyun kuni o‘zining iPad Pro professional planshetlar turkumini yangiladi. Kompaniya tubdan yangilangan 10,5 dyuymli planshetni taqdim qildi. Afsuski, planshet bugungi novatorlikning belgisi bo‘lgan romsiz dizaynda emas va ko‘rinishidan avvalgi — 9,7 dyuymli va 12,9 dyuymli modellarga o‘xshab ketadi.

Ekran atrofidagi rom qisqarib, uning maydoni yiriklashgan, jumladan tasvir maydoni 9,7 dyuymli modelga qaraganda 20% kattaroq. Ekran va virtual klaviatura foydalanishga yanada qulaylashgan.

Apple iPad Pro 10.5 gadjetining apparat platformasida yap-yangi 6 yadroli Apple A10X Fusion protsessoridan foydalanilgan. Undagi 3 ta yadro yuqori samaradorlik, qolgan 3 ta yadro quvvat tejashga mas’ul. Shuningdek, planshetga 12 yadroli videokarta o‘rnatilgan. Odatda Apple planshetlaridagi operativ xotira sig‘imini e’lon qilmaydi. Shu bois, unda bu gal ham iFixit xotiralaridan foydalanilgani kutilmoqda.

Yangi iPad Pro avvalgi “ajdodi”ga nisbatan 30% ga tezroq ishlaydi. Jumladan, grafik-tasvirlarni qayta ishlash ko‘nikmasi 40% ga oshgan. Ilk Apple A4 protsessori bilan solishtirganda, ushbu chipdagi tezkorlik 500 marotaba yuqori.

True Tone funksiyali ekran diagonali 10,5 dyuym bo‘lib, firmannig yangi ProMotion texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, tasvirning yangilanish chastotasini avtomatik boshqaradi. Bu esa planshetdagi quvvatni tejash uchun ayni muddao. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, planshet ekrani 600 nit miqdoridagi yorug‘lik uzatadi va HDR-videoni qo‘llab-quvvatlaydi, rang-tasvir uzatishda yuqori aniqlikka ega.

Planshet 12 Mp sig‘imli bir modulli bosh kamera bilan ta’minlangan. 6 linzali (f/1.8) bu kamera optik barqarorlashtirish tizimi, 4 tusli svetodiodli fotochaqnoqqa ega, unda 4K sig‘imli video yozish mumkin. Shuningdek, devaysga sig‘imi 7 Mp bo‘lgan old kamera o‘rnatilgan.

Apple iPad Pro 10.5 plansheti to‘liq quvvat bilan 10 soat ishlaydi. Uning batareyasi tezkor quvvatlash tizimiga ega. USB 3.0 porti — ma’lumotlarni tezkor almashishda juda muhim. Apple kompaniyasi, shuningdek, planshet uchun yangi talqindagi bir nechta g‘ilof, klaviatura va jildlarni ham namoyish qildi.


iPad Pro gadjeti iOS 11 bilan ilg‘or funksiyalarga ega bo‘ladi. Operatsion tizimdagi hujjat skaneri o‘ziga xos. U kamera yordamida kerakli hujjatlari skaner qilish va Apple Pencil yordamida gadjetda tahrir qilish va imzolash mumkin.

Ilovalarni yoqishga mo‘ljallangan “The app switcher” ilovasi ham takomillashib, hujjat va suratlarni boshqa ilovalarga osonlik bilan tashlash yoki yuklab olish mumkin.

‘Files’ yangi hujjatlar ilovasi rasman taqdim qilindi va u Dropbox va Google Drive kabi ma’lumotlarni “bulutli” saqlash xizmatlari bilan markazlashgan. Ya’ni, ma’lumotlarni bu xizmatlarda saqlash ham mumkin. Uning yordamida barcha ma’lumot saqlash fayllarini ilovaga jamlash mumkin.

Planshetdagi eng kam doimiy xotira sig‘imi 64 GB — bu talqin $649 (LTE-modemlisi — $779), shuningdek 256 GB xotira talqini $749 va 512 GB talqin $949 dollardan taklif qilinmoqda. Qolaversa, xuddi shunday — 64/256/512 GB xotira talqiniga ega 12,9 dyuymli Apple iPad Pro esa $799/$899/$1099 dollardan sotuvga chiqariladi.

Yangi 10,5 dyuymli Apple iPad Pro iyuldan boshlab kumush, kulrang, tilla va pushti rangli korpuslarda sotuvga chiqariladi. Uning tizimini kuz oyida iOS 11’ga yangilab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!