Apple 8 milliard dollar jarima to‘lashi mumkin

Apple 8 milliard dollar jarima to‘lashi mumkin

Yevroittifoq Apple kompaniyasi faoliyati bo‘yicha surishtiruv boshladi va kompaniya 8 milliard AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqida Bloomberg agentligi ma’lum qilgan.

Nega Apple`dan shubxalanishmoqda?

Surishtiruvning asosiy sababi sifatida Apple kompaniyasining soliq siyosati keltirilgan. Yanada aniqrog‘i, korporatsiyaning Irlandiyada faoliyat olib borayotgan tarmog‘i daromad soliqlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilinmoqda.

Yakuniy qaror qachon chiqariladi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur surishtiruv bo‘yicha yakuniy qaror joriy yilning mart oyida qabul qilinishi mumkin. Agar Yevroittifoq Apple kompaniyasi uchun soliq to‘lash tartibini yanada kuchaytirsa, daromaddan olinadigan soliq stavkasi 2004-2012 yillardagi foydaga nisbatan 12,5 % foiz qilib belgilanishi ehtimoli bor. Agentlikning ma’lum qilishicha, kompaniya 2004-2012 yillar mobaynida 64 milliard AQSh dollardan ziyod foyda ko‘rgan. Agar shubxalar rasman o‘z tasdig‘ini topsa, Apple katta miqdordagi mablag‘idan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.