Apple «aqlli» kolonka – HomePod’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1547
  •  06.06.2017 10:22

Apple «aqlli» kolonka – HomePod’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi WWDC 2017 konferensiyasida o‘zining ilk uy «aqlli» kolonkasi – HomePod’ni namoyish qildi. U Siri assistentini qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Hi-Tech Mail.Ru.

HomePod ichida yettita kichkina kolonka va bitta sabvufer mavjud. Tovushni qayta ishlash va boshqa qurilmalar bilan o‘zaro aloqa uchun Apple’ning nisbatan eski chipi – A8 mas’ul. Kolonka tizimi xonaning virtual modelini aniqlashtiradi va ovozni xonaning akustik xususiyatlariga moslab uzatadi.

Qurilma Siri yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi, u bilan muloqotni ta’minlash uchun HomePod’ga 6 ta mikrofon o‘rnatilgan. Assistent foydalanuvchining savollariga javob qaytaradi, yangiliklarni o‘qib beradi, buyruqlarni bajaradi va musiqani boshqaradi. Hummasi xuddi iPhone’dagidek, unga faqatgina «Hey, Siri» («Salom, Siri») deyish kifoya.

HomePod kolonkasi ikki xil – oq va qora ranglarda ishlab chiqariladi. Uning narxi 349 AQSh dollarini tashkil etadi. Qurilma savdoga joriy yilning dekabr oyida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur gadjet haqidagi xabarlar yaqinda – hali taqdimotdan avvalroq tarqala boshlagan edi. Dastlab mazkur «aqlli» akustika tizimining nomi Siri Speaker bo‘lishi taxmin qilingan. Foxconn zavodida ishlovchi insayder taqdim etgan ma’lumotda esa uning A9 protsessoriga ega, o‘lchami taxminan Mac Pro kabi bo‘lishi aytilgandi. Biroq amalda undan farq qiluvchi HomePod taqdim etildi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.