Apple baribir ikkita SIM-kartali ilk iPhone smartfonini chiqaradiganga o‘xshaydi

  •   Saroy
  •  989
  •  06.08.2018 10:31

Apple baribir ikkita SIM-kartali ilk iPhone smartfonini chiqaradiganga o‘xshaydi

Joriy yilda  Apple kompaniyasi iPhone‘ning bir yo‘la uchta modelini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ulardan biri  ikkita SIM-kartali bo‘ladi, degan gaplar aytilmoqda. So‘nggi paytda tarqalayotgan gap so‘zlar ushbu xabarning rostligini tasdiqlayapti, Biroq ushbu smartfonni hamma ham sotib ololmaydi.

Shunday qilib,  ikkita SIM-kartali iPhone arzon qurilma bo‘ladi, ko‘p ehtimol bilan u 6,1 dyumli LCD-displeyi bilan  iPhone 9 bo‘lishi mumkin.  Biroq  Foxconn kompaniyasi tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, qurilma ikkita modifikatsiyada bo‘ladi: biri — xalqaro bozor uchun, ikkinchisi  (aynan o‘sha ikkita sim kartalisi) — faqat Xitoy bozori uchun.

O‘QING:Bu yilgi uchta iPhone bitta videoda: ular boshqacha nomlanar ekan!

Ammo tahlilchi Ming-Chi Kuo xabar qilishicha, xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiya arzon bo‘ladi —  taxminan  550–650 dollar, ammo Dual SIM uchun esa 650–750 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Natijada,  uchta emas bir yo‘la to‘rtta yangi  iPhone modeliga ega bo‘lamiz (Xitoy va xalqaro bozorga chiqadiganini hisoblaganda).

Mobile Fun resursining tarqatgan rasmda tasvirlanishicha, qurilmalarning faqat tashqi ko‘rinishi emas (uni avval ko‘rgandik),  hatto nomlari ham e’tiborni tortadi. Manbada aytilishicha, ular  iPhone Xs (5,8-dyuymli),  iPhone Xs Plus (6,5 dyumli) va iPhone (2018)  (o‘sha arzon iPhone 9).

O‘QING:iPhone X eng ommabop smartfon: 100 foiz foydalanuvchilar undan rozi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!