Apple bosh dizayneri Buyuk Britaniya Qirollik kolleji rektori bo‘ldi

Apple bosh dizayneri Buyuk Britaniya Qirollik kolleji rektori bo‘ldi

2015 yildan buyon ser Jonatan Ayv Apple korporatsiyasining dizayn bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bosh direktor Tim Kuk va moliyaviy direktor Luk Maestridan so‘ng “Olma”ning 3-shaxsiga aylangan dizayner 25 may kuni Buyuk Britaniya Qirollik san’at qollejining rektori etib tayinlandi.

Londonda joylashgan Qirollik san’at kollejiga 1837 yilda asos solingan. O‘quv dargohi QS talqini bo‘yicha 2017 yilda jahonning eng yaxshi instituti, deb tan olingan.

Bosh dizayner va Apple tarixidagi muhim shaxslardan biri bo‘lgan Jonatan Ayvga qadar san’at kollejini taniqli injener, silindrli chang yutkich va havoli qo‘l quritkich ixtirochisi Jeyms Dayson boshqarib kelayotgan edi. Kollej janob Ayv bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

2005 The Sunday Times nashri iPod ixtirochisi bo‘lgan ser Jonatan Ayvni eng ko‘zga ko‘ringan britaniyaliklardan biri, deb topgan. The Daily Telegraph nashriga ko‘ra, 2008 yilda dizayner AQShdagi eng taniqli inglizlardan biri bo‘lgan.

Jonatan Ayvning xizmatlari Buyuk Britaniyada ham qadrlanadi. Unga 2005 yilda Britaniya imperiyasi komandori, 2012 yilda ritsar-komandor unvonlari berilgan va u ismi oldidan «ser» deb murojaat qilish sharafiga sazovor bo‘lgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!