Apple boshqa kompaniyalardan o‘rnak ola boshlaydi

Apple boshqa kompaniyalardan o‘rnak ola boshlaydi

Yaqinda CNBC nashri e’lon qilgan reportajda J.P.Morgan tahlilchilari fikriga havola berilgan. Unga ko‘ra, Apple 2021 yildan iPhone'lar taqdimoti strategiyasini o‘zgartirmoqchi

Tahlilchilarning kompaniya ta’minot zanjiriga tayanib taxmin qilishicha, Apple yiliga ikki marta yangi iPhone taqdim qilishi mumkin. Ko‘p yillardan buyon kupertinolik kompaniya iPhone'larini faqat kuzda taqdim qilib kelgan.

Reportajda aytilishicha, o‘z strategiyasini o‘zgartirish kompaniyaga har olti oy ichida iPhone'larni yangilashga hamda yil davomida yangi telefonlar ishlab chiqaruvchi raqiblar bilan raqobatga kirishishga imkon beradi.

"Ta’minot zanjiri ustida o‘tkazgan kuzatuvlarimizga asoslanib, taqdimot strategiyasida o‘zgarish bo‘lishi hamda 2021 yilning birinchi yarim yilligida ikkita yangi iPhone modeli, keyin esa ikkinchi yarim yillikda yana ikkita model chiqarilishini kutmoqdamiz", deydi J.P.Morgan tahlilchisi Samik Chatterji.

Apple'ning o‘zgargan taqdimot sikli boshqa raqib kompaniyalar, jumladan, Huawei va Samsung'lar sikliga o‘xshash bo‘ladi. Ayni damda ushbu smartfonsozlardan farqli o‘laroq, Apple yiliga bir marta yangi smartfon chiqaradi. "Olma" budjet telefonlarini sotmaganligi sababli bu ham yillik ikkita flagman mobil qurilmalardan keladigan yagona daromad manbai hisoblanadi.

Tahlilchilar taxminicha, 2021 yildan boshlab Apple yiliga to‘rtta iPhone chiqaradi, ularning barchasi OLED displey va 5G bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ba’zi modellarda mmWave texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanmasligi ehtimoli mavjudligi ham ta’kidlanmoqda.

O‘QING: Huawei nega kurakda turmaydigan so‘zlar bilan Apple’ni haqoratladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!