Apple bu yil nechta ayfon sotganini aytdi

Apple bu yil nechta ayfon sotganini aytdi

Apple 2018 yilning ikkinchi moliyaviy choragiga oid raqamlarni ma’lum qildi. Bu gal ham jahonning eng qimmat kompaniyasi misli ko‘rilmagan miqdorda pul ishlab oldi.

Ikkinchi chorakda kompaniya 61.1 milliard dollar mablag‘ ishlab iopgan. Bu o‘tgan yilning shu choragidagi ko‘rsatkichdan 16% ga ko‘proq degani. Apple mazkur chorakning o‘zida jahon smartfon bozorida 52.2 million dona iPhone sotgan. Shuningdek, gadjetlar bozorida 9.1 million dona iPad hamda 4.1 million dona Mac kompyuterlari xarid qilingan.

«Biz bu chorakning Apple tarixidagi eng serdaromad chorak bo‘lishi uchun barcha sa’y-harakatimizni ishga soldik. Daromadning asosiy qismi bu chorakda ham iPhone smartfoni savdosidan olindi. Shuningdek, xizmatlar va taqiladigan devayslar ham kompaniyaga katta daromad keltirdi. Bizning smartfonlarimizni xarid qilganlarning aksariyati iPhone X flagmanini xarid qilgan. Xitoy va Yaponiyada kompaniya daromadi 20% ga o‘sdi», – deya ma’lum qilgan Tim Kuk.

O‘qing: iPhone SE 2 yangi videorolikda: «Home» tugmachasi va 3,5 mm.lik audiotirqishi yo‘q!

Amerikalik IT-gigant bu yilning moliyaviy chorakliklarida jami 129 million donadan ziyod ayfon smartfonini sotishga ulgurgan. Apple navbatdagi chorakda 60 dan 62 milliard AQSh dollarigacha daromad qilishni rejalashtirgan.

Kompaniya tarixida eng ko‘p ayfon sotilgan chorak 2017 yilning ilk choragi bo‘lgan. O‘shanda kompaniyaning iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus flagmanlari jahon bozorida ommalashgan va bir chorakning o‘zida 78.3 million dona sotilgan. 2018 yilning ilk moliyaviy choragida esa kompaniya 78.3 million dona ayfon sotishga muvaffaq bo‘lgan edi.