Apple’dan arzon noutbuklar? Ishonish qiyin

  •   Saroy
  •  3151
  •  14.08.2018 12:33

Apple’dan arzon noutbuklar? Ishonish qiyin

Tayvanning Quanta kompaniyasi 2018 yilning to‘rtinchi choragida Apple’ning yangi “arzon” noutbuklarini chiqarish bilan shug‘ullanadi.  Taxmin qilinishicha, yangi noutbuklar sentyabr yoki oktyabrda chiqarilishi mumkin. Avvalroq bunday qurilmalar ustida ish olib borilayotgani haqda Bloomberg agentligi hamda taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo ma’lum qilgandi.

Xabarda aytilishicha, qurilma 13 dyuymli  Retina displeyli model bo‘ladi, ammo qanday nomlanishi mumkin (MacBook, MacBook Air yoki boshqacha), bunga hozircha aniq javob yo‘q.

O‘QING:Apple xodimlari ega bo‘lgan imtiyozlar hasadni uyg‘otadi

Noutbukning boshlang‘ich narxi 999 dollar yoki undan kamroqni tashkil etadi.

Hozirgi MacBook Air uch yildan buyon yangilanishni kutmoqda: O‘shanda Apple 11 dyuymli modelini to‘liq bekor qilgandi.

Bir necha hafta avval Tayvandagi «Economic Daily News» nashri yangi noutbuk haqida ayrim ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Ushbu ma’lumotlarda aytilishicha, Apple noutbuklari boshlang‘ich bosqichda Intel protsessorining  sakkizinchi avlodi bo‘lmish Kaby Lake  bilan ta’minlanadi.  Shu yo‘l bilan, kelasi kuz oylarida Apple ko‘p turdagi mahsulotlarini taqdim etishi mumkin, jumladan: yangi MacBook, iMac va Mac mini hamda iPad Pro  Face ID bilan. Qolaversa kompaniya yangi iPhone’larni ham bozorga chiqarishga hozirlab turibdi.

O‘QING:iPhone bunaqa jaziramaga bardosh berolmasligi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!