Apple’dan koreyaliklar uchun kutilmagan “sovg‘a”

  •   Saroy
  •  1089
  •  18.06.2018 10:52

Apple’dan koreyaliklar uchun kutilmagan “sovg‘a”

Janubiy Koreyaning  SK Telink telekom-operatori iyun oyining oxirigacha bahosi 40 dollar bo‘lgan yangi  iPhone’ni savdoga chiqarmoqchi. Yangi qurilma iPhone X  emas, hatto  «olti» ham emas, balki 2009 yildan ishlab chiqarilib,  2012 yilda to‘xtatilgan  iPhone 3GS bo‘lib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha,  mazkur operator omborxonasida  iPhone 3GS’ning bir partiyasi qolib ketgan va boshqa texnikalar o‘rami orasida chang bosib yotgan ekan. Ular topilgandan keyin sotib yuborishga qaror qilindi. Shu bilan birga,  SK Telink har bir smartfonning ishga yaroqliligini tekshiruvdan o‘tkazishga va’da bermoqda. Yangi “eski” qurilmalar o‘ziga xos qadoqlarda, barcha aksessuarlari bilan bozorga chiqariladi.

O‘QING: AQSh maxsus xizmatlari: «Apple qotillarga yordam beryapti!»

Gap-so‘zlarga qaraganda, ular yangi emas,  balki foydalanilgan gadjetlar, faqat  tiklangan batareyalar, yangi qadoqlar, o‘ziga xos zaryadkalari va quloqchinlari bilan yangi ko‘rinish olgan.

Ushbu smartfonga ko‘p ilovalarni qo‘shib bo‘lmaydi, chunki u ko‘pi bilan iOS 6’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qolversa, bunday qurilma ishdan chiqsa, uni amalda   sozlashning ham imkoni yo‘q, chunki  Apple ushbu qurilmani allaqachon unutib yuborgan.

O‘QING: Xushxabar: eski iPhone’lar ham 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.