Apple endi alvon iPhone 7 va 7 Plus sotmaydi

  •   DiMaX
  •  1499
  •  14.09.2017 12:17

Apple endi alvon iPhone 7 va 7 Plus sotmaydi

Yangi iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X smartfonlari taqdimotidan so‘ng, Apple kompaniyasi avvalroq xayriya tarzida savdoga chiqarilgan iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus modellarining savdosini to‘xtatdi. Bu haqda MacRumorsxabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Apple shu yilning 21 mart kuni iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonining «RED Special Edition» nomli qizil rangli maxsus modellarini taqdim qilgan edi. Alyuminiy korpusdan tayyorlangan korpusi yorqin qizil tusda bo‘lgan bu maxsus modellar Apple va OITSga qarshi xalqaro kurash jamg‘armasining (PRODUCT)RED loyihasi o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikning 10 yilligiga bag‘ishlangan.

Mazkur modellar qisqa fursat ichida Toshkent shahridagi «Malika» savdo majmuasida ham sotila boshlagan edi. An’anaga ko‘ra, ular boshqa modellarga ko‘ra qimmatroqqa baholangan. Chunki mazkur qurilmalarning har biri sotuvidan tushgan mablag‘dan ma’lum bir qismi OITSga qarshi xalqaro kurash jamg‘armasi hisobiga o‘tkazilib kelmoqda.

Jumladan, hozirda «RED Special Edition» modellariga «Malika» savdo majmuasida belgilangan narxlarga hamda ularning kredit bo‘yicha so‘mga xarid qilishdagi narxlariga o‘zingiz nazar solishingiz mumkin.


Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.