Apple endi top uchtalikda emas

Apple endi top uchtalikda emas

Samsung kompaniyasi smartfonlar displeylari, xotira mikrosxemalari va tasvir datchiklarini ishlab chiqaradi. Shu jumladan, protsessorlar va yakkakristalli sistemalarni (SoC) ham.

Counterpoint Research'ning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Samsung'ning mobil qurilmalar uchun global SoC bozoridagi ulushi 2019 yilda 14,1 foizni tashkil etdi. Bu janubiy koreyalik ishlab chiqaruvchiga Apple'ni smartfon protsessorlari ishlab chiqaruvchilarining birinchi uchligidan siqib chiqarishga imkon berdi. Apple'ning ushbu bozordagi ulushi esa 13,1% ni tashkil qiladi.Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bozorning 33,4% va 24,6% ulushiga ega bo‘lgan Qualcomm va MediaTek kompaniyalari egallaydi. E’tiborlisi shuki, yetakchi beshta ishlab chiqaruvchilar orasida faqat Samsung va Huawei'da o‘sish qayd etilgan.

Samsung SoC Exynos protsessorini chiqaradi. U nafaqat Samsung smartfonlarida, balki Meiuz va vivo kompaniyasi smartfonlarida ham qo‘llaniladi.

O‘QING: Yana bitta arzon Galaxy M smartfoni video va suratlarda: tirqishli displey va uchtalik kamera!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!