Apple foydalanilgan qurilmalarini qayta ishlab, salkam bir tonna oltin chiqarib oldi

Apple foydalanilgan qurilmalarini qayta ishlab, salkam bir tonna oltin chiqarib oldi

Apple 2015 yili foydalanilgan qurilmalarni qayta ishlash jarayonida ulardan 2204 funt yoki salkam bir tonna oltin chiqarib oldi. Bu hozirgi narxlardan kelib chiqqanda 39,5 million dollarga boradi, deb xabar beradi «RBK».

Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra, oddiy smartfonda 30 milligramm tilla bo‘ladi va u asosan plata va boshqa qismlarda ishlatiladi. Donasi 10 ming dollar turadigan Apple Watch tilla soatlari esa 55 gramm 18 qirotli oltin bilan qoplanadi.

Apple hisobotiga ko‘ra, kompaniya ixtiyoriga kelib tushgan foydalanilgan qurilmalardan jami 27,83 ming tonna material chiqarib olingan. Ular orasida bir tonna oltin va uch tonna kumushdan tashqari, 10,48 ming tonna po‘lat, 6,09 ming tonna plastmassa, 5,42 ming tonna oyna, 2,05 ming tonna alyuminiy, 1,34 ming tonna mis, 86 tonna kobalt, 18 tonna nikel, 20 tonna qo‘rg‘oshin, 59 tonna rux va 2 tonna qalay bor.

Manba: Daryo.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!