Apple ikkita modeldagi iPhone’larni g‘irt tekinga ta’mirlab beryapti!

  •   DiMaX
  •  1275
  •  05.10.2019 14:59

Apple ikkita modeldagi iPhone’larni g‘irt tekinga ta’mirlab beryapti!

Biror ishni tekinga qilmaydigan Apple korporatsiyasi kutilmagan ishga qo‘l urdi. Ya’ni, agarda foydalanuvchilarning iPhone 6s hamda iPhone 6s Plus rusumli smartfonlari yoqilmay qolsa, ularni o‘z hisobidan tuzatib berishini aytib qoldi!

O‘QING: Samsung servis markazlarida kafolat bo‘yicha qanday bepul xizmatlar ko‘rsatiladi?

Korporatsiya saytidagi mijozlarga ko‘mak sahifasida e’lon qilinishicha, agar mazkur ikki modeldagi ayfon apparat ta’minotidagi nosozlik tufayli yoqilmayotgan bo‘lsa, Apple uni bepul ta’mirlab beradi. Biroq hammasini emas – mazkur dastur doirasiga kiruvchi iPhone 6s hamda iPhone 6s Plus smartfonlari korpusning orqa qismidagi IMEI raqami orqali aniqlanadi.

Apple bu namunalardagi iPhone’larning qanday aybi borligini bilib turibdi, ammo oshkor etmayapti. Uning ta’kidlashicha, mazkur smartfonlar «ishlamay qolishi mumkin bo‘lgan komponent» sababli shunchaki yonmay qolishi mumkin.

O‘QING: Xitoylik ikki talaba qalbaki iPhone’lar bilan Apple’ni salkam million dollarga tushirdi!

Shu bilan birga, kompaniya «ta’mirlashni tegishli ayfon xarid qilingan mamlakat yoki hudud bilan cheklashi mumkin»ligini ham aytgan. Bu degani – agarda rasman aniq bir mamlakatda sotilgan smartfon yoqilmay qolsa, bu haqda boshqa mamlakat yoki hududdan turib bepul ta’mirlata olmaysiz.

Yana bir tomoni bor – agarda iPhone 6s yoki iPhone 6s Plus rusumli smartfoningiz apparat ta’minotidagi nuqson sababli avval yoqilmay qolgan bo‘lsa va uni o‘z hisobingizdan ta’mirlatgan bo‘lsangiz, Apple uning haqini to‘lab beradi. Tabiiyki, buning uchun chindan ham shunday bo‘lganini isbotlashingizga to‘g‘ri keladi.

Saytda ma’lum qilinishicha, nuqsonli iPhone 6s va iPhone 6s Plus’larni bepul ta’mirlash dasturi ikki yil davom etadi. Bulardan keyingi rusumlarga mansub Apple smartfonlarini esa 3 560 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone sotishdagi eng keng tarqalgan aldovlar va ularga aldanmaslik yo‘llari