Apple iPhone 8 Plus modeli Sharp tayyorlagan OLED ekran bilan jihozlanadi

Apple iPhone 8 Plus modeli Sharp tayyorlagan OLED ekran bilan jihozlanadi

AQShning Apple kompaniyasi o‘z telefonlaridagi IPS matritsani OLED matritsaga almashtirishi borasida mana bir necha yildan beri turli xabarlarni eshitib kelmoqdamiz. Biroq o‘tgan oyning boshida namoyish etilgan Apple iPhone 7 qurilmasida ham mazkur yangilik tasdiqlanmadi – Apple yana IPS displeylarga sodiq qoldi.

9to5mac saytining Yaponiyaning Nikkei nashriga tayanib ma’lum qilishicha, keyingi yilda Apple firmasi iPhone 8 modelining 3 ta versiyasini, jumladan, 5 dyuymli gadjetni ham taqdim qiladi. Shuningdek, qatordagi eng yirik model – iPhone 8 Plus Sharp tomonidan tayyorlangan OLED panel bilan jihozlanadi.

Ushbu yangilik shunchaki mish-mish bo‘lishi mumkin emas. Sababi iPhone qurilmalarini ishlab chiqaradigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi shu yilning avgust oyida Sharp’ning nazorat aksiyalari (66,07%) to‘plamini 3,8 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan edi. Bu esa mazkur xabarning zarur asosga egaligini isbotlaydi.

Bundan tashqari, “Olma” Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va bozordagi asosiy o‘yinchilardan biri – Samsung bilan raqobat qilish uchun yangi innovatsiyalarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.