Apple iPhone’dagi “Home” tugmasiga muqobil topdi

Apple iPhone’dagi “Home” tugmasiga muqobil topdi

Apple kompaniyasi keyingi ayfonlarda displey quyisidagi moddiy “Home” tugmasidan voz kechish rejasida izlanishlar olib bormoqda. MacRumors insayderining yozishicha, iPhone 8 kompaniyaning ayni shunday dizaynga ega ilk smartfoni bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, endi “Home” tugmasi o‘rniga old panelda vazifalarni bajaruvchi maxsus hudud tashkil etiladi. Esingizda bo‘lsa, MacBook 2016 noutbukida Touch Bar texnologiyasi joriy qilingan edi. Bu o‘sha texnologiyaning ayfondagi analogidir.

Ushbu sensor hududi ham displey ostidan o‘rin egallaydi. Endi barmoq izlarini mazkur hududning xohlagan joyiga bosib, shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, iPhone’dagi Touch Bar maxsus ilovada faoliyat ko‘rsatadi.

Apple maxsus displey ko‘rinishidagi barmoq izlarini tasdiqlash texnologiyasini 2014 yilda LuxVue kompaniyasidan sotib olgan edi. Maxsus displey organik svetodiodlardan tashkil topgan bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.