Apple iPhone XS’ning old kamerasini tuzatdi: endi kamera odamlarni haddan ziyod chiroyli qilib yubormaydi

  •   Saroy
  •  719
  •  24.10.2018 11:04

Apple iPhone XS’ning old kamerasini tuzatdi: endi kamera odamlarni haddan ziyod chiroyli qilib yubormaydi

iPhone XS’ning dastlabki egalari old kamera fotografiyani notabiiy qilib olayotganidan shikoyat qilishgan edi. Go‘yo, kameraga byuti-filtr o‘rnatilgandek, rasmda inson terisi tekislangan, ranglari o‘zgargan holda chiqadi. Apple ushbu muammoni tan oldi va uni iOS 12.1 yangilanishida bartaraf etdi. Biroq ushbu yangilanish hozircha ochiq beta-testlashtirish bosqichida turibdi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL kamerasini iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijalar hayratlanarli!

Ushbu muammo  Smart HDR rejimi bilan bog‘liq edi. U bir nechta kadrdan yagona rasm yaratardi. Eski algoritm ba’zan asosiy kadrni tanlar, shu bois yuz ozgina tekislangan holatda chiqardi. Natijada, chehra haddan ziyod yorqin va tiniq ko‘rinadi, deb yozadi The Verge nashri.

Umuman olganda, ushbu muammo  softda bo‘lib chiqdi, shu bois agar sizda ham iPhone XS bo‘lsa  beta iOS 12.1’ni yuklab olish lozim yoki hozircha selfini Smart HDR rejimisiz qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!