Apple jarimaga tortildi

  •   Saroy
  •  1419
  •  21.06.2018 15:23

 Apple jarimaga tortildi

Avstralii federal sudi  Apple kompaniyasiga  9 million Avstraliya dollari miqdorida jarima soldi. Bu qariyb,  6,6 mln AQSh dollari deganidir, deb yozadi Sydney Morning Herald nashri.

Mazkur jarima kompaniyaga  iPad va iPhone’ning avtraliyalik foydalanuvchilarini  chalg‘itib, ovora qilgani uchun solindi. Xabarda aytilishicha, ushbu qurilmalar avval begona  korxonalarda ta’mirlangan bo‘lsa, Apple ularni ta’mirlashdan bosh tortgan.

O‘QING: ZTE'ning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda: AQSh Senati sanksiyani qayta boshlash tarafdori

Sud jarayoni foydalanuvchilarning  shikoyatiga ko‘ra, Avstraliyaning raqobatchilik masalalari va iste’molchilarni himoya qilish komissiyasi tomonidan ochilgan.

Komissiya vakillarining aytishicha, da’vo arizasi qurilmasini avval Apple’da emas, balki boshqa, nomuallif markazlarda ta’mirlagan  foydalanuvchilar shikoyati bo‘yicha kiritilgan.  Chunki Apple ularning qurilmalarini na ta’mirlashga qabul qilgan, va na tavon puli to‘lagan. Bu yerda gap mayda remont ishlari haqida bormoqda, masalan ekran yorilganga o‘xshash. Xullas, Apple’dan zarar ko‘rgan avstraliyaliklar soni 275 kishini tashkil etdi.

Natijada, sud iPad yoki iPhone smartfonlari boshqa birov tomonidan ta’mirlangan bo‘lsa, bu iste’mol kafolatini to‘xtatishga asos bo‘la olmaydi, degan qarorga keldi va ko‘rib turganingizdek, Apple aybdor deb topildi.

O‘QING: Samsung yana jarimaga tortildi: bu safar naq 400 million dollarga

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!