Apple kechagina buklama iPhone uchun patent oldi

  •   DiMaX
  •  680
  •  17.10.2018 11:24

Apple kechagina buklama iPhone uchun patent oldi

Hozirda ko‘plab smartfonsozlar qayishqoq displeyli buklama telefon yaratish ustida ishlayotganidan xabaringiz bor. Shulardan ikkita yetakchi – Samsung hamda Huawei kompaniyalari joriy yilning o‘zidayoq shunday modellarini taqdim etishga harakat qilishayotir.

O‘QING: Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

Mazkur poygada Apple kompaniyasining amaliy qadamlari ham ko‘zga tashlana boshladi. 9to5Mac resursining xabariga ko‘ra, kuni kecha – 16 oktyabr kuni kupertinolik korporatsiya buklanuvchi displey uchun patent olgan. Ayni damda bunaqa iPhone hali yaralgani yo‘q, ammo Apple ko‘p yillardan buyon buklanuvchi displey konsepsiyalari ustida ishlab kelayotir. Aynan shunday ekran texnologiyalari iPhone X hamda iPhone XS modellarida allaqachon qo‘llangan. Ularda displeyning pastki qismi qayrilib, o‘zining ostiga buklangan va ekran atrofidagi romlarning minimal darajaga keltirilishiga asos bo‘lgan.

Navbatdagi patent arizasida esa displeyning uch xilda buklanish usuli bayon etilgan. Ulardan birinchisida ekran qurilmaning ichki tomonida yashirinadi, ikkinchisida esa – korpusning tashqi yuzasida qoladi. Uchinchi usulda esa shu ikki variant ham baravar qo‘llanadi.

Ayni damda smartfonlar bozoriga bunday yechimga ega modellar chiqmagan. Lekin yoyilganida planshet, yig‘ilganida smartfon bo‘luvchi qurilmalar davriga unchalik ham ko‘p vaqt qolgani yo‘q.

Eng so‘nggi ayfonlarni va kupertinolikning boshqa ayrim modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda, onlayn usulda xarid qilish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.