Apple keyingi avlod iPhone’laridagi asosiy muammodan qutulyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1010
  •  11.11.2017 12:37

Apple keyingi avlod iPhone’laridagi asosiy muammodan qutulyapti (+video)

Garchi dunyodagi eng yirik va boy kompaniyalardan biri bo‘lsa-da, aslida Apple unchalik kuchli emas. Uning ojizligi shundaki, o‘z gadjetlari uchun butlovchi qismlarni turli yetkazib beruvchilaridan xarid qiladi va yirik miqdorda mablag‘ ajratadi.

Ammo ayrim hollarda kupertinolik gigant shu qismni yetkazib beruvchi kompaniyaning o‘zini xarid qilib, o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. TechCrunch nashrining xabariga ko‘ra, Apple yaqinda shu tariqa InVisage Technologies startapini sotib olgan.

Mazkur startap har qanaqa yorug‘lik sharoitida ham o‘ta aniq tasvirlar oluvchi, yuqori texnologiyali kamera sensorlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. InVisage Technologies ayni damda asosan QuantumFilm deb nomlangan datchiklar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Tarkibida kremniy qo‘llanuvchi boshqa kamera sensorlaridan farqli ravishda, InVisage Technologies sensorlar uchun o‘z materialini ishlab chiqqan – u ancha yupqa va texnologik jihatdan ilg‘or.

Mana, quyidagi videolavha ayni shu ishlanma haqida:

O‘QING: Kameralar jangi: Samsung Galaxy Note8 va iPhone 8 Plus

Bilamizki, 2014 yilgi iPhone 6 modelidan boshlab, kupertinolik ishlab chiqaruvchining smartfonlarida kamera asosiy korpusdan 1-2 millimetr chiqib turadi. Bu esa foydalanuvchilarga biroz noqulayliklar tug‘dirishi mumkin, ko‘rinishi jihatidan ham yaxshi emas. Endi esa, InVisage Technologies ishlab chiqaruvchi ixcham fotomodullar sharofati bilan, Apple’ning navbatdagi avlod smartfonlarida kamera korpusdan chiqib turmaydi. Shuningdek, yangi startap bilan endi korporatsiya kamerani to‘lig‘icha o‘zi ishlab chiqaradi va bu birmuncha arzonga tushadi.

O‘QING: Eng ilg‘or flagmanlar ringda: kameralar jangi

Darvoqe, InVisage Technologies’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvlar ancha oldin amalga oshirilgan va bu endigina ma’lum qilinmoqda, xolos. Shuningdek, shartnoma qiymati ham aytilmagan. Mazkur kompaniyaga tegishli 27 ta patent ham endi Apple ixtiyoriga o‘tgan.

O‘QING: Amazon o‘zbekistonlik dasturchilar yaratgan startapni xarid qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!