Apple keyingi yildan film ishlab chiqaradi!

Apple keyingi yildan film ishlab chiqaradi!

Apple badiiy filmlar yaratish uchun ko‘ngilochar A24 kompaniyasi bilan uzoq yillik sharntoma imzoladi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Apple foydalanuvchilari kelgusi yildan o‘z gadjetlarida bepul kino va teleko‘rsatuvlar ko‘rishni boshlaydi. CNBC ushbu aksiya mijozlarning kompaniya qurilmalaridan doimiy foydalanishlarini mustahkamlash strategiyasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, A24 kino va televizion dasturlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerika kompaniyasidir.

A24’ning bir nechta filmlari Oskar, Oltin Globus va boshqa nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

O‘QING: Apple shu oydayoq yangi gadjetini taqdim etadi – buning rasmiy isboti chiqdi

Shuningdek, bu yil Apple Amerika telekanali xodimi Opra Uinfri bilan ko‘p yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi. U kompaniya uchun kreativ video loyihalarni yaratish ustida ishlashi ko‘zda tutilmoqda.

The Wall Street Journal nashrining fikriga ko‘ra,  Apple Netflix  va Amazon Prime Video bilan  raqobatlashmoqchi. Bundan tashqari, kompaniya Riz Uizerspun, Kristen Uig kabi taniqli aktrisalar hamda rejissyorlar Djey Abramsom va M. Nayt Shyamalanom bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Balki Apple media bozorida ham o‘zini sinab ko‘rish istagidadir. Balki rostdan ham mijozlari uchun yangi qulayliklar yaratish maqsadida. Buni vaqt ko‘rsatadi. Demak, kelgusi yil Apple’dan badiiy filmlarni kutib qolamiz.

O‘QING: Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!