Apple ko‘chirmachilik qilmoqdami?

Apple ko‘chirmachilik qilmoqdami?

Xiaomi smartfonlarida birinchi paydo bo‘lgan ikkita funksiyani Apple o‘zining iPhone 14 modellarida taqdim etmoqda. Ushbu funksiyalar ikki tomonda joylashgan yorug‘lik sensori hamda ikki chastotali GPS navigatsiya tizimi hisoblanadi. 

Apple uchun bu birinchisi emas, avvalroq kompaniya Android smartfonlaridan ultrakeng kamera, tungi rejim, ilovalar javoni hamda jonli izoh funksiyalarini o‘zlashtirgan edi. Endi kompaniya Xiaomi tomonidan birinchi taqdim etilgan ikki funksiyani o‘zining yangi smartfonlarida qo‘lladi. 

Ikkita sensor bilan yaxshiroq avtomatik yorqinlikni taqdim etish funksiyasi 

iPhone 14 seriyasining texnik varaqlari shuni ko‘rsatadiki, endi barcha 14 modellarida ikkita yorug‘lik sensori mavjud. Mashable'ning ma’lumot berishicha, ularning biri old panelda, qolgan bittasi esa orqa panelda joylashgan. Bu yorqinlikni aniqroq sozlash imkonini beradi.

MyDrivers ma’lumotlariga ko‘ra, bunday xususiyat 2020 yilgi Mi 10 flagmanlardan birinchi paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik ushbu imkoniyat Google hamda Samsung smartfonlarida ham yaratildi. 

Ikki chastotali GPS iPhone'larga ham yetib keldi

iPhone'larda birinchi marta paydo bo‘lgan yana bir xususiyat bu Pro modellarga qo‘shilgan ikki chastotali GPS funksiyasidir. Nomidan aytib turibdiki, ushbu texnologiya smartfondagi joylashuv aniqligini oshirish maqsadida ikkita GPS chastotasidan foydalanadi.

Bu o‘z navbatida Google Xarita va GPS bilan ishlovchi ilovalardan foydalanganda joylashuvni tezroq aniqlashga yordam beradi. Ushbu funksiyani ham smartfonlarga birinchi bo‘lib Xiaomi tadbiq etgan, aniqrog‘i, Xiaomi Mi 8 modeli birinchi bo‘lib ushbu funksiyaga ega bo‘lgan. Keyinchalik OnePlus, Samsung va boshqa kompaniyalar ikki chastotali GPS'ni o‘z smartfonlariga o‘rnatgan edilar.

Bu juda ham kichik funksiyalar hisoblanadi. Bu yilgi iPhone 14 modellari yangi 48MP kamera, tirqishli displey, super barqaror video rejimi kabi katta o‘zgarishlarga ega bo‘ldi. 

O‘QING: Xiaomi 12T va 12T Pro modellarining texnik ko‘rsatkichlari hamda narxlari oshkor qilindi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!