Applye kompaniyasi iPhone kamerasi haqida ma’lum qildi

Applye kompaniyasi iPhone kamerasi haqida ma’lum qildi

“Tishlangan olma” ixlosmandlari o‘z suyuklilaridan yanada mukammal qurilmalarni kutishadi. Kompaniyaning navbatdagi xabari iPhone`ning kamerasi haqida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasining navbatdagi smartfoni kamerasini ishlab chiqish ustida 800 nafar muhandis mehnat qilmoqda. Bu haqida kompaniya mutaxassisi Grexem Taunsend Amerikaning CBS kanaliga bergan interyusida ma’lum qilgan.

Kameralar qurilmasi
iPhone 6 Plus kamerasining moduli 200 detaldan iborat. Ularning mukammallashtirilishi esa tasvirga olish chog‘idagi natijalarni yanada oshiradi, shu jumladan, optik barqarorlashtirish rasmlarni juda yaxshi sifatda tiniqlashtiradi. Birgina foto suratga olishda 24 milliard opersiya amalga oshiriladi.

Sinov jarayonlari paytida muhandislar maxsus labaratoriyada kameralarni kalibrlash(aniq bir o‘lchamga keltirish) ishlarini olib bormoqda. Sifatli suratni ta’minlash maqsadida mutaxassislar turli yoritish qurilmalarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!