Apple kompaniyasining maxfiy laboratoriyasi oshkor bo‘ldi

Apple kompaniyasining maxfiy laboratoriyasi oshkor bo‘ldi

Maxfiy laboratoriya deganda ko‘pchilik noqonuniy va fitnakor xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi dargohni ko‘z oldiga keltiradi. Cho‘chishga hojat yo‘q.

Asli joriy yilning aprelida ochilgan laboratoriya bugunga kelib ommaga oshkor bo‘ldi. Mazkur dargoh Tayvan shimolida joylashgan bo‘lib, iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun displeylar yaratish ustida ishlaydi. Ilgari mikroprotsessor ishlab chiqaruvchi Qualcomm Amerika kompaniyasi va displey ishlab chiqaruvchi AU Optronics Tayvan shirkati joylashgan binoni egallagan.

Apple innovatsion ekranlarini yaratish ustida 50tacha xodim shug‘ullanadi. Ularning bir qismi Qualcomm va AU Optronics kompaniyalarida ishlagan mutaxassislardir.

Bloomberg jurnalistlari binoning ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Apple logotipli peshtaxtada tashrif buyurganlarni qayd qiluvchi iMac qurilmasini, chekish maydonchasida Apple ID yorlig‘ini taqqan xodimlarni uchratishdi.

Xodimlar laboratoriya mutasaddilari to‘g‘risida va o‘z yumushlari xususida so‘z ochmadi. Apple bu xabarni sharhlamadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!