Apple, LG va Sharp birgalashib, Samsung’ning «oyog‘iga bolta urishmoqchi»!

  •   DiMaX
  •  1692
  •  07.08.2018 11:54

Apple, LG va Sharp birgalashib, Samsung’ning «oyog‘iga bolta urishmoqchi»!

Kupertinolik gigant iPhone’lar uchun OLED-displeylarni asosan o‘zining «ashaddiy raqibi» – Samsung kompaniyasidan oladi. Manbalarning xabar berishicha, amerikaliklar bu borada endi Sharp bilan ham hamkorlik qilishmoqchi.

O‘QING: iPhone Xs va Xs Plus taqdimotiga tayyorgarlikni Samsung may oyidanoq boshlaydi

Xabarlarga ko‘ra, Apple keyingi yildanoq OLED-ekranlar uchun Sharp kompaniyasiga buyurtma beradi. O‘tgan haftada Sharp ijrochi direktori Katsuaki Nomura (Katsuaki Nomura), kompaniya boshqa smartfonsozlar uchun ham OLED panellar yetkazib berishni boshlashini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish iyundayoq boshlangan.

Aytish kerakki, LG kompaniyasi ham bu yil iPhone’lar uchun kupertinolik gigantga 3 milliondan 5 milliongacha OLED-displey yetkazib beradi. Lekin bu borada Aplle buyurtmalarining kattasini baribir Samsung oladi.

Kuzatuvchilarning fikricha, displey yetkazib beruvchilar safiga yapon kompaniyasining qo‘shilishi Apple’ning janubiy koreyalik texnogigantga bog‘liqlik darajasini kamaytiradi. Natijada esa, raqobatchilaridan qolishmaslik uchun Samsung o‘z mahsulotlari narxlarini pasaytirishga majbur bo‘lishi mumkin.

O‘QING: LG Display LCD va OLED displeylarini ishlab chiqaradi: maxsus iPhone uchun