Apple Music‘dagi pulli obunachilarning soni 20 millionga yetdi

Apple Music‘dagi pulli obunachilarning soni 20 millionga yetdi

Apple kompaniyasining Apple Music nomli musiqiy servisidagi to‘lov qobiliyatiga ega obunachilarning soni 20 millionga yetdi, deb xabar bermoqda BillBoard nashri.

Joriy yilning sentyabr oyida AQShda o‘tkazilgan  iPhone 7  taqdimotida kompaniya rahbari Tim Kuk Apple Music obunachilarining soni 17 million nafardan ortganini ma’lum qilgan edi. Shundan buyon servisdagi to‘lov qobiliyatiga ega obunachilarning miqdori 3 millionga ko‘paygan.

Apple vitse-prezidenti Eddi Kyuning nashrga bergan intervyusida aytishicha, musiqiy servis obunachilarining yarmidan ortig‘i AQShdan tashqarida istiqomat qiladi, 60 foizdan ortiq obunachilar esa so‘nggi 12 oy davomida iTunes xizmatidan hech qanday kontent xarid qilishmagan.

Shvetsiyaning Spotify servisi Apple Music resursining asosiy raqobatchisi hisoblanadi. 2016 yilning sentyabr oyida ushbu servisdagi to‘lov qobiliyatiga ega obunachilarning soni 40 millionga yetgan. Spotify‘ning oylik foydalanuvchilar auditoriyasi esa 100 millondan ortiq obunachini tashkil etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.