Apple’ning boshi qotgan: eng qimmat MacBook Pro do‘konlarga qaytarilmoqda

  •   Saroy
  •  1318
  •  21.07.2018 16:59

Apple’ning boshi qotgan: eng qimmat MacBook Pro do‘konlarga qaytarilmoqda

Barcha ishlab chiqaruvchilar qatori Apple ham ba’zan mahsulot sifati bilan bog‘liq muammolarga duch kelib turadi. Afsuski, yaqin kunlarda kompaniya navbatdagi noroziliklar to‘lqiniga duch keladiganga o‘xshamoqda, chunki foydalanuvchilar xarid qilgan yangi MacBook Pro noutbuklarini do‘konga qaytarishmoqda.

Bu yerda gap, yangi  MacBook Pro 2018 ustida ketmoqda. U eng yangi Intel Core i9 protsessori bilan ta’minlangan. Biroq ish samaradorligini  oshirish o‘rniga foydalanuvchilar apparati qizib ketishi va keyin trottlingga duch kelishmoqda. Qizib ketish muammosi shunchalik jiddiyki, hatto bir foydalanuvchi o‘zining  MacBook Pro’sini muzlatkich ichiga joylashtirgan, chunki bu, avval aytilgan bazaviy ish samaradorligi 2,9 GGs’ ga erishishning yagona usuli edi.

O‘QING:Apple MacBook Pro Touch Bar’ni yangiladi: yadrosi ham ko‘paydi, xotirasi ham ortdi

Natijada, ayrim foydalanuvchilar yangi gadjetidan qutilish chorasini ko‘ra boshladilar. Bu haqda ular tarmoqlarda chiqish qilib, qolgan foydalanuvchilarni ham shu ishni qilishga undamoqda. Masalan, IdoHaveWorkToDo taxallusli foydalanuvchi shunday yozadi: «Bugun men  i9 2018 MBP’ni qaytarib berdim. Chunki ushbu apparat Apple e’lon qilgan turbo-rejim ko‘rsatkichlariga yetmadi. Hatto bazaviy chastotani ham ushlab tura olmadi».

Chamasi, Apple MacBook’ning sovutish tizimini mukammal darajada ishlab chiqara olmagan. Bundan tashqari,  Core i9  protsessorli Windows’ni qo‘llab quvvatlaydigan noutbuklar 3,1 GGs chastotasida muammosiz ishlaydi. To‘g‘ri ularning korpusi qalinroq va ventilyatori ham shovqin soladi, lekin baribir tez-tez “tormozlanib”  qolishdan ko‘ra, yaxshida. Kuzatuvchilar hayron: nahotki ishlab chiqaruvchi qizib ketish muammosini payqashmagan bo‘lsa, yoki gadjetni atay shunday nuqson bilan bozorga chiqardimikan?

O‘QING:Foydalanuvchilar 2015 yilning eng yaxshi gadjetlarini aniqlashdi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!