Apple’ning ilk kompyuteri auksionga qo‘yildi

Apple’ning ilk kompyuteri auksionga qo‘yildi

Apple ishlab chiqargan ilk kompyuterlardan biri Germaniyada sotuvga qo‘yilgan. Tashkilotchilar zamonaviy kompyuterlarning qadimiy ajdodi bo‘lgan Apple-1’ni ulardan bir necha o‘n barobar qimmatroqqa, aniqrog‘i $335 000 dollarga pullashmoqchi. 2013 yilning iyulida xuddi shu modeldagi kompyuter $400 000 dollarga sotilgan.

Apple asoschilari Stiv Jobs va Stiv Voznyak 1976 yildan bu kompyuterni yig‘a boshlashgan. Undan asosan hisoblash mashinasi sifatida foydalanilgan. Ilk partiyadagi 50 dona Apple-1 kompyuterining har biri $500 dollardan sotilgan. O‘sha vaqtda bozorda bu kompyuterlarga katta ehtiyoj yuzaga kelgan.

Apple-1 korpussiz, klaviaturasiz, elektr ta’minoti blokisiz va hattoki monitorsiz quyidagi suratdagi oddiy platforma ko‘rinishda bo‘lgan. Unga korpusni xaridorning o‘zi qo‘ygan, shuningdek klaviatura uchun elektron pechatlash mashinkasi, monitor vazifasini bajarish uchun esa kichik televizor kerak bo‘lgan.

“Bu kompyuterning salohiyati hattoki xat yozib, elektron pochta orqali yuborishga ham ojizlik qiladi. Lekin, gap uning funksiyasida emas, u shunday modellar orasida ishlab turgan yagona nusxa”, deydi Kyolnskiy auksion uyi vakili.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!