Apple’ning yangi noutbuki ikkita OLED-ekranli, ammo klaviaturasiz bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  927
  •  01.03.2018 10:59

Apple’ning yangi noutbuki ikkita OLED-ekranli, ammo klaviaturasiz bo‘ladi!

Oldin telefonlar moddiy tugmachadan mahrum bo‘lib, klaviaturalar to‘liq sensor ekranga ko‘chirildi. Endi esa bu yechim kompyuterlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

O‘QING: Yangi iPhone’larning yon tomonida ham sensor ekran bo‘ladi!

Apple olgan yangi patent hujjatlarida moddiy klaviaturasi umuman bo‘lmagan noutbuk tasvirlangan. Odatiy noutbuklarda klaviatura joylashgan hududda esa bu qurilmada katta qo‘shimcha OLED-ekran o‘rin olgan.

Gadjet tavsifiga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha ekranda turli elementlar bo‘lishi mumkin. Masalan, bu ekran virtual klaviatura, stilus yordamida qaydlar yozish yoki eskizlar chizish uchun bloknot vazifasini o‘tay oladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi MacBook Pro 2016 noutbuklarida klaviatura yoniga Touch Bar sensor panelini ham qo‘shgan. Biroq MacBook Pro turkumi uchun moddiy klaviaturadan butunlay voz kechishmasa kerak. Balki, patent hujjatlarida tasvirlangan devays MacBook yoki iPad’ning bo‘lajak modifikatsiyalaridan biridir.

O‘QING: MacBook, ASUS, HP va boshqa noutbuklarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 23 fevral)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!