Apple noyob ko‘zoynak va «kelajak avtosi» ustida ishlamoqda

  •   Saroy
  •  1122
  •  16.08.2018 15:09

Apple noyob ko‘zoynak va «kelajak avtosi» ustida ishlamoqda

Apple’ning taniqli tahlilchisi  Min-Chi Kuo mazkur kompaniyaga tegishli bo‘lgan muhim yangilikni ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, kompaniyaning kelajagi Apple Car va AR ko‘zoynaklari bilan bog‘liq. Aynan ushbu mahsulotlar “olmachi”larning texnik yechimlari portfelining mantiqiy kengayishi bo‘ladi.

Tahlilchining so‘zlariga qaraganda, Apple’ning haydovchisiz  avtomobillari 2023-2025 yillarda ishlab chiqariladi. Kompaniya ancha yillardan buyon ushbu avtomobillar uchun platformani ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi. Kutilishicha, Apple istiqbolda avtomobillar uchun o‘zining dasturiy ta’minotini litsenziyalashtiradi . Biroq  Kuoning keltirgan dalilli basharotlariga ko‘ra, u aynan to‘laqonli “olmachi”larga tegishli avto bo‘ladi.

O‘QING:Foxconn xodimlari Apple’ni 1,3 million dollarga tushirishdi

Uning fikricha, hozirgi havdovchisiz boshqariladigan avtomobillar bozori bundan o‘n yil avvalgi smartfonlar bozorini eslatmoqda. Shunday ekan, Apple kabi nufuzli kompaniyalar buni inkor etishi aslo mumkin emas.

Tahlilchining fikricha, Apple portfelidagi yana bir yangi mahsulot, bu AR ko‘zoynagi bo‘lishi kerak. Kompaniya ushbu mahsulotlarni 2020 yillarda ishlab chiqarishi mumkin. Kuoning ta’kidlashicha, Apple anchadan buyon va faol ravishda AR  bilan ARKit ustidan ish olib boradi. Keyingi mantiqiy qadam apparat ta’minotini joriy qilish, ya’ni qurilmaning uskunalari bilan dasturiy ta’minotini birlashtirish bo‘lishi kerak.

O‘QING:Tim Kuk 2,5 million dollar to‘lashi kerak: Apple’ga dasturiy ta’minotdagi kamchiliklari pand bermoqda

Shu bilan birga,  Kuoning eslatishicha, Apple o‘zining xizmatlarini yangi uskunalar yordamida rivojlantirishni davom ettiradi. Qolaversa,  Apple’ning so‘nggi hisobotida keltirilishicha. Xizmat sohasi 31 foizga ortgan va kompaniyaga 9 milliard dollar daromad keltirgan.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!