Apple qayishqoq ekran uchun patent olgani, uning tafsilotlari fosh bo‘ldi

Apple qayishqoq ekran uchun patent olgani, uning tafsilotlari fosh bo‘ldi

Shu hafta avvalida Apple hamda LG qayishqoq displey yaratishda hamkorlik qilayotgani, bu borada ilmiy izlanishlar olib borayotgani xususida ma’lumotlar tarqalgan edi. Aftidan, kompaniya o‘z rejalarini keyingi iPhone flagmanlari uchun displey yaratayotgan Samsung'dan qattiq sir saqlayotgan ko‘rinadi. Bugun esa bukiladigan ekranli iPhone'ga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple kompaniyasi 2016 yilning 30 avgustida bukiladigan ekran uchun patent olgan. Unda yozilishicha, qayishqoq ekran texnologiyasi istiqbolda kompaniya tomonidan tatbiq etiladi va uning displeyini buklash mumkin bo‘ladi. Jumladan, elektron qurilmadagi displeyning yupqa qismi qurilmani 2 ga buklash imkonini beradi.

Bu faqat smartfon uchun emas
Patent guvohnomasida yozilishicha, Apple tomonidan OLED va micro LED ekranlarida foydalanish ko‘zda tutilgan bu texnologiya faqat smartfonlar emas, noutbuk, planshet, qo‘l soatlari va korporatsiya ishlab chiqarayotgan boshqa gadjetlarda ham tatbiq etilishi mumkin.

Patent guvohnomasida yana bir muhim jihatga oydinlik kiritilgan. Ya’ni, bu kabi ekranga ega qurilma bukilganida tasvir sifati yoki gadjetning ishlashiga ta’sir qilmaydi. Bunday ekran noutbuk yoki kitob kabi turli darajada qayishishi mumkin. Shuningdek, qurilmani hamyon kabi buklash ham mumkin. Bunda displey devaysning old qismiga aylanadi.

Biroq, Apple ayni paytda bu texnologiyani tadqiq qilayotgan bo‘lsa ham, uning hali beri yangi ayfonlarda qo‘llanilishini kutish -- xato. Ekspertlarning fikricha, kompaniya 2020 yildagina bunday qurilmalarni tayyorlashi mumkin. Boshqa tomondan esa Samsung 2018 yilda bunday ekranli gadjetlarni ommaviy ishlab chiqarmoqchi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.