Apple rahbari eng yaxshi qidiruv tizimi qaysi ekanligini aytdi

Apple rahbari eng yaxshi qidiruv tizimi qaysi ekanligini aytdi

Apple rahbari Tim Kuk mahfiylik masalalaridagi muammolariga qaramasdan Google’ni eng yaxshi qidiruv tizimi deb atadi. Bu xaqdaO Biznese” yozmoqda.

–  O‘ylaymanki, ularning qidiruv tizimi (ya’ni Google) eng yaxshisidir, – deydi Tim Kuk jurnalistlarning “Nega Apple o‘zining qurilmalari uchun Google’ni tanlaydi”, degan savoliga javob berish chog‘ida.

O‘QING: Google tayyorlagan «kambag‘albop» Pixel 3 Lite taqdimotdan avval fosh etildi

Apple rahbari Google’da foydalanuvchilarining mahfiyligi masalalari bo‘yicha muammolar mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, Tim Kuk o‘zining Safari brauzeriga maxsus sozlamalarni qo‘shganini ma’lum qilgan. Bu qo‘shimchalar brauzer tarixini kuzatish va foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘plashga imkon bermasligidir. Fikrimizcha, Tim Kuk ham shuni nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, bahorda Buyuk Britaniyada 4.4 mln iPhone foydalanuvchilari Google’ni ularning ma’lumotlarini noqonuniy  kuzatishda ayblagan va 4,3 mlrd dollarlik da’vo arizasi bergan edi.

O‘QING: Apple sir tutayotgan yangi gadjetni taqdimotdan avval «jonli» tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!