Apple rahbari: iPhone 7 siz usiz yashay olmaydigan jihatga ega bo‘ladi.

Apple rahbari: iPhone 7 siz usiz yashay olmaydigan jihatga ega bo‘ladi.

Apple rahbari Tim Kukning CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, iPhone mobil aloqasining navbatdagi avlodida muhim jihat tatbiq qilinadi.

“Navbatdagi mobil ishlanmada biz o‘ta innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilamiz, jumladan yangi iPhone’dagi o‘ziga xos jihatlar sizni va boshqa ayfon foydalanuvchilarni qo‘llaridagi smartfonlarni yangilariga almashtirishga rag‘batlantiradi. Biz sizga siz ularsiz yashay olmaydigan, siz bugun hatto ularga ehtiyojingiz borligini tasavvur qila olmaydigan jihatlarga ega smartfonlarni taqdim qilamiz …” dedi kompaniya rahbari.

Xitoy nashrlarida yozilishicha, yangi iPhone qurilmalari chindan ham o‘ziga xos jihatlar bilan boyitilgan bo‘ladi. iPhone 7 ham nihoyat suv hamda chang ta’siriga bardoshli tizimga, sensorli bosh menyu tugmasi, qo‘sh kamera, tezkor protsessorga ega bo‘ladi.

Insayderning yozishicha, yangi flagmanda dizayn tubdan o‘zgarib, u OLED-displey bilan ta’minlanadi.

Tim Kuk Apple sarmoyadorlarini tinchlantirish maqsadida, kompaniyaning $10 milliard AQSh dollari foyda ko‘rganini, 2015 yildagi to‘liq daromad 53 mlrd AQSh dollari bo‘lgani, foyda ko‘rishda bu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan Apple’dan   keyingi kompaniyaning daromadi ancha-muncha past ekanligini ma’lum qildi.

Canaccord Genuity tahlil kompaniyasining tahlillari Apple’ning smartfon sanoatidagi umumiy daromadi so‘nggi sentyabrda 94 foizga o‘sgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich bir avval 85 foiz bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.