Apple sensorli MacBook ustida ishlamoqda

Apple sensorli MacBook ustida ishlamoqda

HP, Dell va boshqa ko'plab kompaniyalar allaqachon o'zlarining turli xil sensorli noutbuklariga ega. Hatto, noutbuk ishlab chiqarish asosiy biznesi bo'lmagan Samsung'ning ham Galaxy Book noutbuklarining Pro modellari sensorli ekranga ega. Biroq, noutbuklar bozoridagi katta o'yinchilarning biri hali ham bunday qobiliyatga ega mahsulot chiqarmagan. Ha, bu innovatsiyalardan har doim ortda qolib yuradigan Apple'dir.

Kupertinolik kompaniya har doimgidek "bazm"ga kechikib kelmoqda. Bloomberg nashri o'zining Apple'ga yaqin manbalariga asoslanib xabar berishicha, kompaniya hozirda sensorli ekranga ega MacBook'larni sinovdan o'tkazmoqda. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, ular hozirda ishlab chiqarishning eng dastlabki bosqichida bo'lib, ularni chiqarish 2025-yilga rejalashtirilgan.

Aytish kerakki, bo'lajak Apple noutbuki hozirgi MacBook'larning shunchaki sensorli ekranga ega varianti bo'ladi xolos, ya'ni u katta dizayn o'zgarishlariga uchramaydi.

O'QING: iPhone 15 Pro modellarida jismoniy tugmalar bo‘lmasligi aytilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.