Apple shu oydayoq yangi gadjetini taqdim etadi – buning rasmiy isboti chiqdi

  •   DiMaX
  •  1008
  •  06.11.2018 13:32

Apple shu oydayoq yangi gadjetini taqdim etadi – buning rasmiy isboti chiqdi

Kupertinolik gigant joriy yilning kuzida ikkita taqdimot marosimi o‘tkazdi. Garchi ularda turli planshet, noutbuk, kompyuter va smartfonlar namoyish etilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik ixlosmandlar kutayotgan yana bir devays ko‘rsatilmadi.

O‘QING: Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

Ya’ni, bu yerda gap ikkinchi avlod AirPods quloqchini haqida ketayotir. Lekin mazkur devays shu yilning o‘zida, katta ehtimol bilan – noyabrdayoq namoyish etishi mumkin.

Gap shundaki, noyabrning dastlabki kunlarida savdo belgilari haqidagi ma’lumotlar bazalarida hamda sertifikatsiya hujjatlarida AirPods’ning yangi versiyasi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu aksessuarning originali REV1.0 kodli raqamiga ega bo‘lsa, yangisi REV1.1 raqamiga ega. Shuningdek, mazkur gadjet Bluetooth 5.0 texnologiyasiga ega ekanligi ham qayd etilgan.

Yangi avlod AirPods quloqchini yaxshilangan ovoz uzatish tizimiga va Apple W3 chipiga ega. Unda ovozli yordamchini chaqirish uchun tugmachani bosish shartmas, «Ey, Siri» deya chaqirish kifoya bo‘ladi. Shuningdek, yangilangan AirPods qutichasi simsiz quvvatlash texnologiyasiga ham ega. Quloqchinning shakli va o‘lchamlari avvalgidek qoladi.

O‘QING: Xiaomi yana bir Apple gadjetining «kushandasi»ni tayyorlayapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!