Apple sobiq muhandislari iPhone himoyasini buzuvchi gadjet taqdim etishdi!

  •   DiMaX
  •  1449
  •  19.03.2018 13:25

Apple sobiq muhandislari iPhone himoyasini buzuvchi gadjet taqdim etishdi!

Grayshift kompaniyasi iPhone parolini bilmay turib ham uning qulfini ocha biladigan GrayKey nomli devaysni taqdim etdi. Mazkur qurilmani Apple sobiq muhandislari hamda maxsus xizmatlarda ishlagan kiberxavfsizlik mutaxassislari yasashgan, deb yozadi 9to5mac nashri.

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

GrayKey qurilmasi tashqi ko‘rinishi jihatidan Apple TV’dan mutlaqo farq qilmaydi – xuddi shu pristavkaga o‘xshash kul rang quticha, undan iPhone’ga ulash uchun ikkita konnektor chiqib turibdi. Bitta ayfonni blokdan chiqarish uchun unga 2 soatdan 3 kungacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin; bu iPhone parolining murakkablik darajasiga bog‘liq.

Lekin qizig‘i shundaki, blokdan chiqarish muddati mobaynida iPhone bu qurilmaga ulangan holda turishi ham shart emas! GrayKey ish boshida bir necha daqiqa ayfonga ulanib tursa kifoya, uning parolini o‘z ichida buzib olgach, oxirida ma’lumotlarni qaytarish uchun yana bir necha daqiqa iPhone’ga ulanadi.

O‘QING: Hakkerlar tanlovda Apple, Microsoft va boshqa taniqli tizimlarni buzib tashlashdi

Mac Rumors nashrining yozishicha, GrayKey ommaviy bozor uchun ishlab chiqilgan devays emas va uni sotib olishning ham shunchaki imkoni yo‘q. Buning o‘rniga, Grayshift kompaniyasi iPhone himoyasini buzish bo‘yicha o‘z xizmatini taklif etayotir. Ular 15 000 AQSh dollari evaziga aniq bir tarmoqqa ulangan ayfonni, 30 000 dollar evaziga esa istalgan Apple smartfonini blokdan chiqarib berishni va’da qilishyapti. Afsuski, ayfon himoyasini buzishning dasturiy jarayonini sir tutishyapti.

Aytish kerakki, Apple hamda maxsus xizmatlar orasidagi ziddiyatlar 2015 yil oxirida boshlangan edi. O‘shanda, 14 kishining umriga zomin bo‘lgan terrorchining ayfoni tizimini ochib berishi uchun AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB – FBR) sud orqali kupertinolik gigantga bosim o‘tkazishga uringan edi. Lekin ishlab chiqaruvchi smartfon tizimining buzib kirilishi iPhone foydalanuvchilari to‘g‘risidagi axborot xavfsizligiga zid ekanini aytib, rad etgan.

Gap shundaki, Apple ayni damda eng xavfsiz himoyaga ega bo‘lgan operatsion tizim – iOS nufuzini saqlagan. Agarda sud talabi bilan ayfonlarning shu tizimini buzib kira olishsa, raqiblarning kupertinolik gigantdan qo‘li baland kelgani shu.

O‘QING: FQB terrorchining iPhone tizimini buzishga qancha sarflagani aytildi