Apple suv ustidagi ilk do‘konini ochmoqda (+video)

  •   DiMaX
  •  362
  •  26.08.2020 17:37

Apple suv ustidagi ilk do‘konini ochmoqda (+video)

Kupertinolik korporatsiya o‘zining 512-raqamli Apple Store savdo nuqtasini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Singapurda tashkil etilayotgan mazkur do‘konning boshqalaridan farqi – u suv ustida joylashadi.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Ushbu savdo nuqtasi Apple’s Marina Bay Sands Retail Store deb atalib, futuristik dizaynga ega bo‘ladi. Uning fasadi neonli yorug‘lik liniyalari qo‘llangan shisha panellar bilan qoplanadi. Do‘kon binosining o‘rtasida qizil rangli Apple logotipi o‘rnatiladi.

«Apple Marina Bay Sands ijod qalbi bo‘ladi, o‘z g‘oyalaringiz va qiziqishlaringizni ifodalashingiz uchun biz yaratgan joy bo‘ladi. Bu – siz tadqiq etishingiz, muloqot qilishingiz va yangi biror nima yaratishingiz mumkin bo‘lgan joy bo‘ladi. Tasvvurlaringiz sizni qayoqlarga eltishini ko‘rishga sabrimiz yetmayapti», – deyishadi Apple vakillari.

O‘QING: Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!