Apple vanihoyat o'zining aralash reallik qurilmasini taqdim qiladi

Apple vanihoyat o'zining aralash reallik qurilmasini taqdim qiladi

Bloomberg'dan Mark Gurmanning ma'lum qilishicha (The Verge orqali), Apple o'zining anchadan beri kutilayotgan aralash reallik qurilmasini vanihoyat shu yozda, iyun oyida bo'lib o'tadigan WWDC tadbirida taqdim qiladi va uni kuzdan boshlab yetkazib berishni boshlaydi.

Ma'lum bo'lishicha, Apple allaqachon Reality Pro brend nomli qurilmani "kam sonli yuqori darajadagi" ishlab chiqaruvchilarga ko'rsatgan. Bundan maqsad bo'lajak qurilma uchun uchinchi tomon ilovalarini yaratish bo'lgan.

Tahminan 3000 dollar turishi aytilayotgan Apple qurilmasi xrOS operatsion tizimi bilan ham virtual reallik, ham kengaytirilgan reallik tajribalarini bera oladi. Shuningdek, qurilma login va to'lovlar uchun ko'zning rangdor pardasini skanerlay olishi kabi xususiyatlari haqida ham mish-mishlar tarqalgan. Biroq, "Apple hali qurilmaning o'zi, dasturiy ta'minoti, hamda, u bilan bog'liq xizmatlarida ko'p muammolarni hal qilishi kerak va bu kompaniyaning boshqa loyihalarini sekinlashtirmoqda", deydi Gurman.

O'QING: iPhone mini ortidan Apple yana bir modeldan voz kechadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!